Eritma va eruvchanlik slayd taqdimot

Eritma va eruvchanlik slayd taqdimot

O'quvchilarga / Kimyo
Eritma va eruvchanlik slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: ERITMALAR va ULARNING HOSIL BO'LISHI TUG'RISIDAGI NAZARIYASI. : Eritma - bu ikki va undan ko'p tarkibiy qismlarining o'zaro ta'sirlashuvi natijasida hosil bo'lgan, bir jinsli, termodinamik barqaror sistema. Tarkibiy qismlaridan biri erituvchi bo'lsa, qolgan(lar)i erigan modda deyiladi. Eritmalar suyuq, qattiq, gazsimon bo'ladi. ERITMALAR NAZARIYASI o'z agregat holatini eritmaga o'tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. Xar qanday eritma erituvchi va eruvchi moddalardan iborat bo'ladi. Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddaning foiz miqdori 0 % dan 100 % gacha bo'ladi. Eritmaning yoki erituvchining ma'lum og'irlik miqdorida yoki ma'lum xajmda erigan modda miqdori eritmaning konsentrasiyasi deyiladi. Eritmaning konsentrasiyasini bir necha usulda ifodalash mumkin. Erigan modda miqdori eritmaning umumiy miqdoriga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. Eritma konsentrasiyasini foiz bilan ifodalash uchun 100 gr eritmada bo'lgan eruvchi modda miqdori hisoblanadi. C%=a*100a+b bu yerda C% - eritmaning og'irlik foizi, a-erigan modda og'irligi, v-erituvchining og'irligi Moddaning biror erituvchida eriy olish xususiyati shu moddaning eruvchanligi deyiladi. Moddalarning eruvchanligi eruvchi moddaning va erituvchining tabiatiga, hamda temperatura va bosimga bog'liq. Ayni moddaning ma'lum temperaturada 100 gr erituvchida erib to'yingan eritma hosil qiladigan og'irlik miqdori uning eruvchanlik koeffisiyenti (yoki eruvchanligi) deyiladi Odam organizmidagi suyuqliklar - bu anorganik va organik moddalarning suvdagi eritmasidir. Organizmdagi asosiy erituvchi - bu suv. U organizm vaznining tahminan 70 % ni tashkil qiladi. Qon, limfa, siydik, oshqozon shirasi, orqa miya suyuqligi va boshqa eritma hisoblanadi. Biologik suyqliklar - eritmalar sifatida Moddalarning suvdagi eruvchanligi 100 gramm suvga nisbatan hisoblanadi. Eruvchanlik - moddalar tabiatiga, haroratga, gazlar uchun bosimga, begona moddalar mavjudligiga bog'liq bo'ladi. Bu bog'liqliklarni gazlarni suvdagi eruvchanligi misolida ko'rib chiqamiz. Eruvchanlik va eruvchanlikka ta'sir etuvchi omillar Ba'zi moddalarning 100 gr suvda 20° S dagi eruvchanligi Modda Eruvchanligi C6H12O6 200 gr NaCL 35 gr H3BO3 5 gr CaCO3 0.0013 gr AgJ 0.0013 gr Nazariy jihatdan olganda mutlaqo erimaydigan moddalar bo'lmaydi. Xatto oltin va kumush xam juda oz darajada bulsa xam suvda eriydi. m = k.p m- ma'lum xajmdagi suyuqlikda erigan gazning og'irligi p- gaz bosimi k- proporsionallik koeffisiyenti Genri-Dalton qonuni i = Ki  Pi I - absorbtsiya koeffitsiyenti Pi- gazning parsial bosimi Ki - gazning tabiatiga bog'liq doimiy Genri qonuni Sechenov qonuni: Erigan moddalarning mavjudligi gazlarning suvdagi eruvchanligini kamaytiradi: N lg -- = kC N0 Eruvchanlikni begona moddalar mavjudligiga bog'liqligi. Sechenov qonuni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 256.34 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 256.34 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga