Eritmаlаr. Reja: 1.Gazlarning eritmalari. Genri qonuni. Suyuq eritmalar. 2.Eritma konsentratsiyasini ifodalash usullari. 3.Eruvchanlik. Erish mexanizmi. Ikki va undan ortiq komponentlardan va ularning o'zaro ta'sir mahsulotlaridan tashkil topgan gomogen sistemaga eritma deyiladi. Eritma tayyorlash jarayonida agregat holati o'zgarmaydigan komponent erituvchi hisoblanadi. Eritmalarda bir komponent ikkinchisida molekulalar, ionlar, yoki atomlar holatida bir jinsli muhit hosil qilib tarqalgandir. Eritmalar gaz, suyuq va qattiq holatda uchraydi. Gaz eritmalar va qattiq eritmalar Gaz eritmalar va qattiq eritmalar ham hayotda mihim ahamiyatga ega va ko'plab qo'llaniladi. Gaz-gaz eritmalarda har bir gaz boshqa gazlar bilan aralashgan holatda bo'ladi.havo gaz eritmaga klassik misol bo'ladi, havoda tahminan 18 xil gazlar tirli xil proporsiyada aralashgan bo'ladi. Gaz-qattiq eritmalar - gaz modda qattiq moddada eriganda hosil bo'ladi. Vodorod gazini palladiydan o'tkazib tozalash mumkin. Faqat vodorod atomlarining o'lchami (kichikligi) palladiy bilan Pb-H bog'ini hosil qilish uchun mos tushadi. Vodorod atomlari palladiy atomlari orasidan o'tib so'ngra vodorod molekulasini hosil qiladi. Qattiq-qattiq eritmalar. Qattiq moddalar o'zaro oz miqdorda aralashadi va ular geterogen eritmalar hosil qiladi. Ba'zi qattiq-qattiq eritmalar qattiq modda eritilib so'ng ularni aralashtirib muzlatilganda ham hosil bo'lishi mumkin. Ko'pgina arlashmalar va qotishmalar metallik xossasiga ega bo'ladi. Barchaga tanish bo'lgan latun qotishmasi rux va mis aralashmalaridan iborat. 1.Gazlarning eritmalari. Erigan modda va erituvchi ham gaz bo'lgan aralashma sifatida havoni olish mumkin. Havo tarkibida hajm jihatidan 78% azot, 20-21% kislorod, qolgan qo'shimchalar uglerod (IV) oksidi, suv bug'i va boshqalar bo'lishi mumkin. Gazlar aralashmasining umumiy bosimi ularning parsial bosimi deyiladi. Umumiy parsial bosim tashkil etuvchilarning parsial bosimlari yig'indisiga teng bo'ladi. Gazlar eruvchanligining bosimga bog'liqligi Genri qonuni bilan ifodalanadi: O'zgarmas haroratda gazlarning eruvchanligi uning bosimiga to'g'ri proporsional. C - gazning eruvchanligi; k- Genri doimiysi; R - gazning bosimi. Genri-Dalton qonuni. Agar biror suyuqlikda gazlarning aralashmasi erisa, har bir alohida gazning eruvchanligi shu gazning parsial bosimiga to'g'ri proporsional. Suyuq eritmalar. Suyuq eritmalar odatdagi suyuqliklarga o'xshash o'ziga xos strukturaga ega. Suyultirilgan eritmalarning xossalari erituvchinikiga o'xshab ketsa, konsentrlangan eritmalarning xossalari erigan moddaga o'xshab ketishi aniqlangan. Suyuq moddalarning suvda eruvchanligi turlicha. Ba'zi suyuqliklar masalan: spirt, glitsirin suvda cheksiz eriydi. Ba'zilari esa ma'lum miqdorda eriydi. Masalan - fenol sovuq suvda oz eriydi. Harorat ko'tarilganda uning eruvchanligi ortadi. 66,45o S dan yuqori haroratda esa uning eruvchanligi cheksiz bo'ladi. Bu haroratni kritik erish harorati deyiladi. Suyuq eritmalar va qutbli molekulalarning ahamiyati. Erituvchi bilan eritilayotgan moddalar ichki kuchlari o'zaro mos (o'xshash) bo'lsa ular bir-biri bilan kuchlarni almashadi.masalan: Tuzlar suvda eriydi, chunki ion va suv orasidagi kuchli ion-dipol tortishuvlari, suv molekulalari orasidagi kuchli vodorod bog'lanishga o'xshaydi, ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
496.86 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
496.86 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: pptx