Qattiq modda erituvchi tushirilganda uning ionlar yoki molekulalari qutbli erituvchi molekulalari bilan ta'sirlashishi natijasida erish jarayoni boshlanadi. Erish vaqtida erish jarayoniga teskari bo'lgan kristallanish jarayoni ham namoyon bo'la boshlaydi. Eritmaga o'tgan zarrachalar qattiq jism sirti bilan uchrashganda o'nga tortilib, qaytadan kristallanadi. Demak, bu yerda ikki qarama qarshi jarayon sodir bo'ladi. Dastlab erish jarayoni tez boradi, lekin eritmada zarrachalarning soni ko'paygani sari, kristallanish jarayoni tezlashadi. Ma'lum vaqt o'tgandan keyin ikkala jarayon tezligi tenglashadi, ya'ni bir sekundda necha molekula eritmaga o'tsa, shuncha molekula qaytadan kristallanadi. ERUVCHANLIK. . U vaqtda erigan modda bilan erimay qolgan modda orasida dinamik muvozanat qaror topadi, eritma tuyinadi. Shunday qilib, erimay qolgan modda bilan cheksiz uzoq vaqt birga mavjud bo'la oladigan, ya'ni muvozanatda turadigan eritma to'yigan eritma deb ataladi. Moddaning biror erituvchida eriy olish hususiyati shu moddaning eruvchanligi deb ataladi. Moddalarning eruvchanligi (ya'ni to'yingan eritmasining kontsentratsiyasi) erigan moddaning va erituvchining tabiatiga, shuningdek, temperatura bilan bosimga bog'liq. Ayni moddaning ma'lum temperaturada 100g erituvchida erib to'yingan eritma hosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffitsienti (yoki eruvchanligi) deb ataladi. MODDALARNING ERUVCHANLIGI ERUVCHANLIK BU MODDANING SUVDA YOKI BOSHQA ERITUVCHIDA ERISH XOSSASIDIR. SUVDA ERUVCHANLIGIGA KO'RA BARCHA MODDALAR UCHTA GURUHGA BO'LINADI: 1) YAXSHI ERIYDIGA N, 2) KAM ERIYDIGAN, 3)AMALDA ERIMAYDIGAN MODDALAR Dеyarli erimaydigan moddalar amalda erimaydigan moddalar dеyiladi. Lеkin mutloqo erimaydigan modda bo'lmaydi. Agar suvga shisha tayoqcha, oltin yoki kumush tayoqcha botirib qo'yilsa oz miqdorda bo'lsa ham eriydi. Kumush yoki oltinning suvdagi eritmasi mikroblarni o'ldiradi. Shisha, kumush, oltin- bular suvda amalda erimaydigan moddalarga (qattiq moddalar)misollardir.Shunday moddalar qatoriga kerosin, o'simlik moyi (suyuq moddalar),nodir gazlarni (gazsimon moddalar)ham kiritish mumkin.Suvda kam eriydigan moddalarga gips, qo'rg'oshin sulfat (qattiq moddalar), dietil efir, benzol (suyuq moddalar),metan, azot, kislorot (gazsimon moddalar) misol bo'la oladi. Eruvchanlik - moddaning erish qobilyati. Ko'pchilik moddalar suvda ancha yaxshi eriydi. Bunday moddalarga shakar, mis kuporosi, natriy gidroksid (qattiq moddalar), spirt, aseton (suyuq moddalar), vodorod xlorid, ammiakni (gazsimon moddalar) misol qilib ko'rsatish mumkin. Suvda biron modda, masalan, qand erishini kuzatamiz. Xona haroratida (20◦C) 100 g suv 200 g qandni erita oladi. Undan ortiq miqdor qand bu haroratda boshqa erimaydi. Shu eritma to'yingan eritma deb ataladi. Chunki unda ortiqcha miqdorda qand eritib bo'lmaydi. GAZLARNING SUYUQLIKLARDA ERUVCHANLIGI. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq o'zgarmas temperaturada ma'lum hajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga to'g'ri proportsional bo'ladi: m = k . P bu yerda: m - ma'lum hajmdagi suyuqlikda erigan gazning massasi, Р - gaz bosimi, k - proportsionallik koeffitsienti. Gazlar aralashmasi eritilganda har qaysi gaz ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
997.52 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
997.52 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:34 ]
Arxiv ichida: pptx