Mavzu: Filtrlash jarayoni REJA: Filtrlash jarayoni haqida tushuncha Filtratning gidravlik qarshiligini aniqlash Filtratning unumdorligini aniqlash Filtrlash doimiyligi Filtlash qurilmalari Filtrlash siklini aniqlash Suspenziya va changli gazlarni to'siqlar orqali o'tkazib tozalash jarayoni filtrlash deyiladi. Filtr to'siqlar zarrachalarni tutib qolib, suyuqlik yoki gazni o'tkazib yuborish qobiliyatiga ega. Filtr to'siqlar yoki filtr sifatida mayda teshikli to'rlar, turli gazlamalar, sochiluvchan materiallar (qum, maydalangan ko'mir, bentonitlar), keramik buyumlar ishlatiladi. Filtr to'siqlar quyidagi talablarga javob berishi kerak. Filtrlovchi material g'ovaksimon tuzilishga ega bo'lib, g'ovaklarning o'lchami shunday bo'lishi kerakki, bunda cho'kma zarrachalari to'siqning ustida qolishi kerak. Filtr muhit ta'siriga kimyoviy barqaror, yuqori haroratga bardoshli, mexanik jihatdan pishiq bo'lishi lozim. Filtr to'siqning ustida hosil bo'lgan cho'kma ham filtrlovchi material vazifasini bajaradi. Filtrlash paytida qo'shimcha material sifatida aktivlangan ko'mir, maydalangan asbest, diatomit, perlit kabilar ishlatilishi mumkin. Qo'shimcha material filtrlanishi lozim bo'lgan suspenziyaga qo'shiladi yoki filtrning ish yuzasi bunday materiallar bilan qatlam hosil qilib qoplanadi. Qo'shimcha material cho'kma bilan aralashib, uning g'ovakligini oshiradi va gidravlik qarshiligini kamaytiradi. Filtrlash paytida suspenziya tarkibidagi mayda zarrachalar filtrlovchi materialning ustki qismida cho'kma holida yoki filtrlovchi materialning o'zida teshiklarni to'ldirgan holda o'tirib qolishi mumkin. Bu xususiyatlarga ko'ra filtrlash jarayoni ikkiga bo'linadi: a) cho'kma qatlami hosil qilish yo'li bilan filtrlash; b) filtrlovchi materialning teshiklarini to'ldirish orqali filtrlash. Filtrlash jarayonida siqiluvchi va siqilmaydigan cho'kmalar hosil bo'ladi. Siqiluvchi cho'kmalardagi zarrachalar bosim ortishi bilan deformasiyaga uchrab, ularning o'lchami kichiklashadi. Siqilmaydigan cho'kmalarda bosim ortishi bilan zarrachalarning shakli va o'lchami deyarli o'zgarmaydi. Filtrlash jarayonining unumdorligi va olinadigan filtratning tozaligi asosan, filtr to'siqlarining xususiyatiga bog'liq. Filtr to'siqlarning teshiklari katta va gidravlik qarshiligi kichik bo'lishi zarur. Filtr to'siqlar tuzilishiga qarab egiluvchan va egilmas bo'ladi. Filtr to'siqlardan oldingi va keyingi bosimlar farqi yoki filtrlovchi materialga suyuqlik bosimini hosil qiluvchi markazdan qochma kuchlar filtrlash jarayonining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini bajaradi. Harakatlantiruvchi kuchlar turiga qarab filtrlash ikki guruhga bo'linadi: 1) bosimlar farqi ta'sirida filtrlash; 2) markazdan qochma kuchlar ta'sirida filtrlash (sentrifugalash). Sanoatda filtrlashdan so'ng quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:1) cho'kmani yuvish; 2) cho'kmani oddiy havo (yoki inert gazlar) yordamida dudlash; 3) cho'kmani issiq havo yordamida quritish. Filtrlash jarayoni uch xil rejimda olib boriladi: 1) doimiy o'zgarmas bosimlar farqi bilan filtrlash 2) doimiy filtrlash tezligi bilan filtrlash 3) bir vaqtning o'zida bosimlar farqi va filtrlash tezligi o'zgarib turgan holatda filtrlash. O'zgarmas bosimlar farqi ta'sirida cho'kma qatlami hosil qilish yo'li bilan filtrlash jarayonining modelini ko'rib chiqamiz. Filtlash jarayonining sxemasi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan filtrlar tozalanishi kerak bo'lgan muhitining xili, ishlash prinsiplari, filtr to'siqlarning turiga va ish bosimlarning miqdoriga qarab ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
267.27 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
267.27 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:17 ]
Arxiv ichida: pptx