Gravimetrik (tortma) analiz. Mohiyati va metodlari

Gravimetrik (tortma) analiz. Mohiyati va metodlari

O'quvchilarga / Kimyo
Gravimetrik (tortma) analiz. Mohiyati va metodlari - rasmi

Material tavsifi

Gravimetrik ( tortma) analiz. Mohiyati va metodlari Gravimetrik (tortma) analiz deb miqdoriy analizning aniqlanadigan modda miqdorini, tekshiriladigan namuna massasini o'lchash bilan olib boriladigan aniqlash usuliga aytiladi. Tortma analiz kimyoviy analizning qadimgi usullaridan bo'lib, XVII asrlarda probirkali holda aniqlash mavjud bo'lgan. Tortma analiz bo'yicha birinchi ilmiy ish M.V.Lomonosovning shogirdi V.I Klementevning Об увелечении веса металлов после осаждения (1754) mavzusidagi ishi edi. Tortma analiz rivojlanishida shved kimyogari T.Bergmanning ayrim birikmalarni miqdoran aniqlash uchun cho'kmalarning erimasligidan foydalanishni taklif qilishi, shuningdek rus kimyogarlari V.M.Severgin, T.E.Lovits tomonidan olib borilgan ishlar katta o'rin egallaydi. Rеaksiya mahsulotini hosil qilish uslubiga ko'ra gravimеtrik usulni quyidagi turlari mavjud: 1). Ximiogravimеtriya - kimyoviy rеaksiya mahsulotini massasini aniq tortish (cho'ktirish va haydash usullari). 2). Elеktrogravimеtriya - elеktroliz natijasida elеktrod massasini ortishini tarozida tortish. 3). Tеrmogravimеtriya - tеrmik qizdirish natijasida namuna massasini kamayishi aniq tortiladi. Gravimetrik analiz analizda bajariladigan amallarga ko'ra uch turga bo'linadi: 1) ajratish ; 2) cho'ktirish; 3) haydash. 1) Ajratish usulida aniqlanayotgan modda aralashmadan ajratib tozalanadi va massasi analitik tarozida tortiladi. Masalan: Temir bilan oltingugurtning aralashmasidan temirni magnitga tortilish xususiyatidan foydalanib ajratish mumkin. 2) Cho'ktirish usulida aniqlanadigan modda kimyoviy reaksiya yordamida tarkibi aniq bo'lgan qiyin eriydigan birikma holida cho'ktiriladi. Bunda cho'kma qizdirilib tarkibi aniq bo'lgan boshqa moddaga aylantiriladi va shu moddaning massasi analitik tarozida tortilib modda miqdori aniqlanadi. Masalan: aniqlanadigan cho'ktiriladigan tortiladigan modda shakl shakl 3) Haydash usulida aniqlanadigan modda uchuvchan birikma holida haydaladi. Bunda aniqlanadigan modda qizdirish yoki boshqa modda (reaktiv) ta'sirida uchuvchan birikma hosil qiladigan holiga o'tkazish bilan ajratiladi. Haydash usullari to'g'ri va teskari bo'lishi mumkin. To'g'ri haydash usullarida aniqlanadagan modda biror o'ziga xos yutuvchiga yutiladi va yutuvchi massasining oshishiga qarab aniqlanadigan moddaning miqdori hisoblanadi: Teskari aniqlash usullarida aniqlanadigan modda to'liq parchalangandan keyin qolgan massasi o'lchanadi. Haydashdan oldingi va keyingi massalar farqi aniqlanadigan modda miqdorini hisoblash imkonini beradi. Gravimetrik analizning bajarilish tartibi Ko'pchilik hollarda yuqorida, aytib o'tilgan usullardan biri-cho'ktirish usulidan foydalaniladi. Moddalarning miqdorini tortma analizning cho'ktirish usuli bilan aniqlash bo'yicha quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: analiz uchun namuna olish ; olingan namunani eritish ; cho'ktiriladigan shaklni tanlash ; cho'ktiruvchi modda (reagent) ni tanlash ; aniqlanuvchi elementni cho'ktirish; cho'kmani ajratish (fil'trlash), yuvish ; cho'kmani quritish va qizdirish; gravimetrik shaklni tortish va analiz natijalarini hisoblash. 1-rasm. Kimyoviy texnik tarozi: 1-palla; 2-nol nuqtusini rostlash yuklari (porsangi); 3-shayin; 4-halqalar; 5-shoqul; 6-strelka; 7-shkala; 8-arretir dastasi 2-rasm. Ikki pallali VLR-200 rusumli analitik tarozi: 1-pallalar; 2-arretir; 3-milligramm tnassali toshchalarni o 'rnatish dastalari; 4-o 'Icha.ih natijasini yozib olish ekrani 3-rasm. Bir pallali ikki prizmali1-palla; 2-nolni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 618.52 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 618.52 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga