Ishqorli asos vulkanik jinslar SiO2=44-53, K2O+Na2O=4,5-23% Ishqorli asos vulkanik jinslar katorida uch oila ajratiladi: ishqoriy bazaltlar, foiditlar va fonolitlar. Bu tarkibdagi tog' jinslar platformalarda, bazi burmalangan o'lkalarda keng tarqalgan. Bu hududlarda ular yirik rift tizimlari, chuqur yoriqlar bilan chambarchas bog'liqdir. Yer yuzasida bu tarkibdagi tog' jinslar markaziy vulkanlar harakati bilan bog'liq bo'lib, qoplamalar, harhil ekstruziya va daykalar hosil qiladilar. Agar qoplamalar nisbatan katta qalinlikka ega bo'lsa, uning markazida differentsiatsiya (saralanish) jarayonlari sodir bo'ladi. Kimyoviy jihatdan ushbu jinslar orasida kaliy-natriyli va natriyli seriyalar ajratiladi. Bu jinslarni yana bir xususiyati shundan iboratki, ular normal (oddiy) bazalt va gabbrolar bilan birga (yani yagona geologik jismlarda, massivlarda) uchraydi va ularga asta-sekin o'ta boshlaydi. Ishqorli bazaltlar o'zini kimyoviy va mineralogik tarkibida ishqorli minerallar (feldshpatoidlar) va K2O, Na2O mavjudligi bilan ajralib turadi. Umuman olganda, bu oila bazaltlarida ishqorlarni miqdori 4,5-13% teng. Ishqorli bazaltlar qitalar va okean riftlarida keng tarqalgan. Ular orasida, yuqorida aytganimizdek, natriyli va kalinatriyli seriyalar mavjud. Natriyli seriya tarkibiga nefelinli, nefelin-sodalitli, nefelin-analtsimli bazaltlar kiradi. Ularni tarkibida kremnezem ancha past, glinozem (Al2O3), ishqorlar (Na2OK2O) ko'proq bo'ladi, temir va titan ham nisbatan katta ahamiyatga ega. Bu seriya tarkibida feldshpatoidlar (nefelin, sodalit, analtsim), temirli olivin, titanli avgit, plagioklaz, kersutit, barkevikit uchraydi. Kaliyli seriya, asosan, leytsitli bazaltlardan iborat. Ularni tarkibida K2ONa2O, kam temirli olivin, leytsit, piroksen (diopsid, salit) uchraydi. Bir qator mineralogik termometrlar va eksperimental tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ishqorli bazaltlar mantiya sathida 1300 harorat, 20-30 kbar bosim sharoitida hosil bo'ladilar. Ishqorli gabbrolarni mustaqil ahamiyatga egaligi uzoq vaqt mavhum bo'lib kelgan va, shu sababdan, ular boshqa asosli jinslar tarkibida izohlangan. Ammo ularni mustaqil oila sifatida mavjudligi bir qator hududlarda isbotlangan (Kavkaz, Cayan, Kuznetsk Olatovi va hokazo). Bu oila jinslari mustaqil massivlar, plutonlar va lopolitlar hosil qiladi va ular bazi o'taasosli ishqor jinslar (urtit, iyolit) bilan birga uchrab turadi. Ishqorli gabbroidlar yer yuzasida ancha keng tarqalgan (Shimoliy va Janubiy Tyan-Shan, Kavkaz, Kola yarimoroli, Kareliya, Aldan, Pomir, O'rta Osiyo). Ishqorli gabbrolar orasida quyidagi hillar ajratiladi: teralit, esseksit, teshenit va shonkinit. Harbir hil uchun o'zini mustaqil vulkanik muqobili mavjud: teralit-tefrit, teshenit-analtsimli tefrit, esseksit-nefelinli traxibazalt; shonkinit-leytsitli traxibazalt. Ishqoriy gabbrolarni o'zaro kimyoviy tarkibi bir-biriga yaqin, ammo K2O:Na2O koeffitsiyentiga nisbatan, ular kalinatriyli va natriyli seriyalarga ajratiladilar. Ularni mineralogik tarkibi ancha murakkab bo'lib, quydagilardan iborat: piroksen (titanavgit) - 35-40%, amfibol (kersutit, barkevikit) - 6-10%; olivin - 6-10%, feldshpatoid - 15-20%, plagioklaz (An40-50) - 25-30%, kaliyli dala shpati (mikroklin, ortoklaz, sanidin) - 10-20%, rudali mineral (titanomagnetit) - 3-4%. Kamptonitlar - Nyu-Gempshirdagi (AQSH) Kamptan-Folle joyi nomidan olingan (Rozenbum, ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
395.8 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
395.8 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: pptx