Kimyo fanini o'qitishda didaktik o'yinli darslarning turlari Reja: 1.Kimyo darslarida o'quvchilarning bilish va o'yin faoliyatini uyg'unlashtirish. 2.O'yin faoliyatini tashkil etish bosqichlari. 3.Kimyoni o'qitishda foydalaniladigan, didaktik o'yinli darslarning turlari. 4.Syujetli rolli, taqdimot, ijodiy, ishbilarmonlar o'yini, konferensiyalar, o'yin mashqlar. Darslarning texnologik bosqichlari va xaritasi. Kimyoni o'qitish jarayoniga zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan biri didaktik-o'yin texnologiyalarini qo'llash, mazkur texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari, didaktik-o'yinli darslarning an'anaviy darslardan farqi va afzalligi, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo'llari bilan tanishishingiz, metodik bilim, ko'nikma va malakalaringiz, kasbiy mahoratingiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur. Maqsad. Didaktik-o'yin texnologiyasining umumiy xususiyatlari, kimyo darslarida o'quvchilarning bilish faoliyatini o'yin faoliyatibilan uyg'unlashtirish, o'yin faoliyatini tashkil etish bosqichlari bilantanishish. 1-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping: Didaktik-o'yinli darslarga ta'rif bering: - o'yin faoliyati inson hayotida qanday funksiyalarni bajaradi? - o'yin faoliyatining xususiyatini tavsiflang. - o'yin va o'yin faoliyati tarkibiga qanday kirishini aniqlang. - o'yin faoliyati qanday bosqichlarda tashkil etilishini o'rganing. Maqsad Didaktik-o'yinli darslarning mazmuni va mohiyatini o'rganish. 2-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping: 1. Didaktik-o'yinli darslarning funksiyalarini sanang. 2. Har bir funksiyaga izoh bering. 3. An'anaviy darslarning funksiyalari bilan didaktik-o'yinli darslarning funksiyalarini taqqoslang. Maqsad. Didaktik-o'yinli darslarga qo'yiladigan didaktik talablarni o'rganish. 3-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping: 1. Didaktik-o'yinli darslarga qo'yiladigan didaktik talablarni aniqlang. 2. Mazkur didaktik talablarni amalga oshirish uchun o'qituvchi qanday tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishi lozim? 3. O'quvchilarning bilish faoliyati qanday tashkil etishini o'rganing. . Maqsad. Didaktik-o'yinli darslarning turlarini o'rganish. 4-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping: 1. Didaktik-o'yinli darslarning qanday turlari mavjud? 2. Sujetli-rolli o'yinlarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 3. Ijodiy o'yinlarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko'rib chiqing. 4. Ishbilarmonlar o'yinining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko'rib chiqing. 5. Ilmiy konferensiya va matbuot konferensiyasining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko'rib chiqing. 6. O'yin mashqlarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko'rib chiqing. Maqsad. Didaktik-o'yinli darslarni tashkil etish uchun o'qituvchining tayyorgarligi va texnologik xaritalarni tuzishni o'rganish. 5-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping: 1. Didaktik-o'yinli darslarni tashkil etish uchun o'qituvchi qanday tayyorgarlik ko'rishi zarur deb hisoblaysiz? 2. Didaktik-o'yinli darslarning texnologik xaritasini tahlil qiling. 3. Mazkur texnologik xaritalarni an'anaviy darsning texnologik xaritasi bilan taqqoslang va quyidagi jadvalni to'ldiring Dars bosqichlari Didaktik o'yinli darslar An'anaviy darslar Maqsad. O'z faoliyatini tahlil qilish, o'z-o'zini baholash. 1. Modul dasturining didaktik maqsadini o'qib chiqing. Ko'zlangan ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.12 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.12 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: ppt