Kimyo fanini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanish

Kimyo fanini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanish

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyo fanini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Kimyo fanini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyasida­n foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari. Reja: 1.Muammoli ta'lim texnologiyasining o'ziga xos xususiyatlari. 2.Muammoli metodlarga qo'yiladigan talablar. 3. Kimyoni fanini o'qitishda muammoli darslardan foydalanish yo'llari. Asosiy tushuncha va tayanch atamalar:Muammoli ta'lim texnologiyasining o'ziga xos xususiyatlari, muammoli metodlar (muammoli-izlanish xarakterdagi suhbat, muammoli bayon, muammoli amaliy ishlar), muammoli darslarning turlari. Ta'lim jarayonida salmoqli o'rin egallagan muammoli «aqliy hujum» dars, munozarali (ilmiy munozarali va erkin fikrlash) darslar muammoli ta'lim texnologiyasiga asoslanadi. -Muammoli ta'lim deb, o'qituvchi tomonidan pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng muqobil varianti yordamida, fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda, o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yo'naltirilgan, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Masalan: Brom qanday kashf qilingan? Odatdagi sharoitda suyuq bo'lgan, Mendeleyev davriy jadvalidagi metallms bromni fransuz kimyogari A. Ballar kashf etdi. U dengiz suvo'tlari kulini suvda eritib, olingan suyuqlikni tekshirdi. Ballar u eritmadan xlor oqimi o'tkazib, eritma qizil qo'ng'ir rangga kirganligini kuzatdi. Tajribani bir necha marotaba takrorladi. А.Ж.Балар (1802-1876 Davriy sistemadagi o'rni haqida gapiring. Brom (lot. Bromum) - Mendeleyev davriy sistemasining VII gruppasidagi kimyoviy element; atom nomeri 35, atom massasi 79,904; galogenlar oilasiga kiradi. Sof brom - og'ir to'q-qo'ng'ir suyuqlik, +58,80C da qaynaydi, -7,20C da kristallanadi. OLINISHI ISHLATILISHI Uncha ko'p bo'lmagan brom minerallaridan eng mashhuri- Bromalgerit AgBr. U suvda erimaydigon sariq modda. Yorug'likni yaxshi sezuvchanligi foto qog'oz, kino va fotoplyonkalar tayoplash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bu moddani Nurota tog'laridagi oltin konlari oksidlash zonasida aniqlangan. U yana bromirid yoki bromli kumush deb ham ataladi. Galogenlar ichida xlor va uning birikmalari eng ko'p ishlatiladi. Xlorning O'zbekistondagi tabiiy zahiralari: Qashqadaryo va Surxondaryoda kaliyli tuz konlari, mustaqillikka erishganimizdan so'ng Navoiyda osh tuzi (NaCI) konlarining xomashyosi bilan ishlaydigan elektrokimyoviy usulda o'yuvchi natriy, soda, xlor, vodorod ishlab chiqaradigan zavod barpo etilib, osh tuzining suvdagi eritmasini elektroliz qilishning boshqa usullari bilan xlorning boshqa kislorodli birikmalari -natriy gipoxlorid, xlorli ohak, natriy xlorat, magniy xlorat, kalsiy xlorat kabi birikmalari ishlab chiqarilishi natijasida ulardan hozirgi kunda o'quvchilar hayot tarzlarida kuzatadigan to'qimalarni oqartiradigan, joylarni dezenfiksiya qiladigan, qishloq xo'jaligida gerbitsid va defolyant sifatida ishlatiladi. Hozirgi kunda respublikamizda osh tuzini yodlash texnologiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, uni amalda tadbiq etilmoqda. Navoiy -Azot zavodida nitron tolasi ishlab chiqarish chiqindilaridan sorbent tayyorlanadi. Amin tipidagi sintez qilingan sorbent yod ionlarini katta hajmda sorbsiyalash xossasiga ega ekanligini namoyon qildi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga