KIMYONING ASOSIY QONUNLARI Kimyoning asosiy qonunlari kimyoviy reaksiya vaqtida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni miqdoriy jihatdan tekshirish natijasida kashf etilgan bo'lib, ular kimyo fanining asosiy negizini tashkil etadi. Moddalar massasining saqlanish qonuni . Bu kimyoning eng birinchi qonuni. Bu qonun dastlab 1784 yilda M.V.Lomonosov tomonidan va keyinchalik 1789 yilda A.Lavuaze tomonidan ta'riflangan: Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar massasining yig'indisi reaksiya mahsulotlari massalarining yig'indisiga tengdir Misol: CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + CO2 + H2 O 100 73 11 44 18 173 173 CaCO3 = CaO + CO2 100 56 44 Radioaktiv parchalanish, atom va vodorod bombalarining portlashi kabi katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan boradigan jarayonlar massalar saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo'ysunadi. Agar jarayon davomida E energiya ajralib chiqsa, bu jarayon davomida massaning o'zgarishi Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi: E=m*c2 c - vakuumdagi yorug'lik tezligi. m-reaksiyalarda massa o'zgarishi nihoyatda kichik bo'ladi va uni tarozi yordami bilan payqash qiyin. Masalan: H2 + 12O2 = H2O + 241,8 kjmol Massaning o'zgarishi kimyoviy reaksiyalarda juda oz bo'lganligidan amalda uni o'zgarmaydi deb olinadi. 2.Tarkibning doimiylik qonuni. 1781 yilda A.Lavuaze karbonat angidridi gazini 10 xil usul bilan hosil qilib, gaz tarkibidagi uglerod va kislorod massalari orasidagi nisbat(CO2) 3:8 ekanligini aniqladi. Bundan har qanday kimyoviy toza modda qaysi va qanday usulda olinishidan qat'iy nazar o'zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega degan xulosa chiqarildi. 1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tekshirishlar asosida kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo'ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog'liq bo'ladi degan xulosa chiqardi. Fransuz olimi J.P.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. U kimyoviy toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo'lishini o'zining juda ko'p tajribalarida isbotlab berdi va 1809 yilda tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta'rifladi: Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat'iy nazar, o'zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega . Masalan, toza suvni bir necha xil usul bilan olish mumkin: 1) vodorod va kisloroddan sintez qilib: 2H2 + O2 = 2H2O 2) neytrallanish reaksiyasi asosida: NaOH + HCl = H2O + NaCl 3) metanni yondirib: CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O 4) kristallogidratni parchalash: CuSO4 * 5H2O =5 H2O + CuSO4 5) gidroksidlarni qizdirish: Cu(OH)2 = CuO + H2O 6) kislotalarni parchalash: H2SiO3 = H2O + SiO2 7) oksidlar bilan kislotalar reaksiyasi natijasida: ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O Hosil bo'lgan suvlarning tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo'lib, suv 0 o C da muzlaydi, 100 o C da qaynaydi, 4,5o C da zichligi 1 ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.74 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:46
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
1.74 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:46 ]
Arxiv ichida: pdf