Kimyoviy muvozanat

Kimyoviy muvozanat

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoviy muvozanat - rasmi

Material tavsifi

Ximiyaviy muvozanat Reja: 1. Ximiyaviy muvozanat haqida tushuncha. qaytar reaksiyalar. 2. Ximiyaviy muvozanatning siljishiga kontsentratsiyaning ta'siri. 3. Ximiyaviy muvozanat siljishiga bosimning ta'siri. 4. Ximiyaviy muvozanat siljishiga temperaturaning ta'siri. 5. Ximiyaviy muvozanat doimiysi. Le-Shatele prinsipi. Umuman, barcha ximiyaviy reaksiyalarni ikki turga: qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo'lish mumkin. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar tulik reaksiya mahsulotlariga aylanadigan jarayonlar - qaytmas reaksiyalar deyiladi. M: C + O2 CO2; 2HCl + Zn ZnCl2 + H2; 2KClO3 2KCl + 3O2 qaytmas reaksiyalar fakat bir yo'nalishda boradi va bular amalda tulik, oxirigacha boradigan reaksiyalardir. Agar dastlabki moddalar stexiometrik nisbatda olingan bulsa, reaksiya mahsulotlari dastlabki moddalar bilan ifloslanmagan , yani toza moddalar hosil bo'ladi. Aksariyat ximiyaviy jarayonlar qaytar reaksiyalardir. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning bir kismi reaksiya mahsulotlariga aylanib, ayni vaqtda reaksiya mahsulotlari qaytadan dastlabki moddalarga aylanib turadigan ximiyaviy jarayonlar qaytar reaksiyalar deyiladi. Masalan: 2SO2 + O2 2SO3 H2 + J2 2HJ 3H2 + N2 2NH3 NH3 + H2O NH4OH HCl H+ + Cl- NH4OH NH4+ + OH- NH4Cl + H2O NH4OH + HCl va x.k. Bu misollardan kurinib turibdiki qaytar reaksiyalar ikkita o'zaro qarama-qarshi boruvchi reaksiyalardan iborat bo'lib, ular katoriga kupchilik birikish, dissotsiyalanish, gidrolizlanish, kompleks hosil bo'lish reaksiyalarini kiritish mumkin. Bu reaksiyalar davomida reaksiya boruvchi sistema (avtoklav, stakan, kolba) da doimo dastlabki moddalar xam, reaksiya mahsulotlari xam birgalikda uchraydi. Shu sababli aksariyat texnologik jarayonlarda qaytar reaksiyalarning kechishi ishlab chiqarishni ancha qiyinlashtiradi. Bu qiyinchiliklar asosan, reaksiya tezligini malum vaqtdan sung uzgarmay qolishida, reaksiya mahsulotlarini ifloslanishida, ishlab chiqarish unumining pasayishida namoyon bo'ladi. qaytar reaksiyalarning o'ziga xos xususiyati ularda ximiyaviy muvozanat holatining yuzaga kelib qolishidir. yuqorida keltirilgan qaytar reaksiyalardan xoxlagan birortasini tahlil etsangiz, xar birida quyidagi holatni ko'rish mumkin: (ammiak hosil bo'lish jarayonini ko'rib chiqamiz). 1 mol N2 gazi bilan 3 mol H2 gazi aralashtirilib, tegishli sharoit yaratilsa, bu moddalar o'zaro ta'sirlashadi: N2 + 3H2 2NH3 Malum vaqt davomida reaksiya boradi, bir ozdan sung guyo reaksiya tuxtab kolgandek tuyuladi. Shu paytda reaksion aralashmani analiz qilib kurilsa, unda dastlabki moddalar N2, H2 va mahsulot NH3 -ammiak moddasi borligini ko'rish mumkin. Agar sharoit uzgartirilsa, moddalarning kontsentratsiyalari xam o'zgarishi, lekin ularning miqdoriy nisbatlari xar bir holatda deyarli bir xil qolishi aniqlangan. Buning sababini kuyidagicha izoxlanadi: moddalar aralashtirilganda reaksiya boshlanib, ammiak hosil bula boshlaydi: N2 + 3H2 2NH3 (I) reaksiya tezligi Vto'g'ri = Kto'g'ri [N2]*[H2]3; vaqt utishi bilan hosil bo'lgan mahsulot - NH3 ning bir kismi parchalanib, qaytadan dastlabki moddani hosil kila boshlaydi: 2NH3 N2 + 3H2 (II) reaksiyaning tezligi Vteskari = Kteskari*[NH3]2 bo'ladi. vaqt utishi bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 361.19 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:35 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 361.19 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga