KIMYOVIY TERMODINAMIKA VA BIOENERGETIKA MAVZUNING MAQSADI Termodinamika qonunlari jonli va jonsiz tabiat uchun universaldir. Odam organizmida energiyaning turli hillari mavjud bo'ladi va ular bir biriga o'tib turib, modda almashinuvini ta'minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ehergiya almashinuvining buzilishi turli hil kaslliklarni sababchisi bo'ladi. Bu sabablarni tushinib yetish uchun termodinamikaning qonunlariga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Ko'riladigan masalalar Termodinamika fani va uning vazifalari Termodinamikaning qonunlarini tibbiyotda qo'llanishi Termodinamik sistemalar va termodinamik omillar Ichki energiya Termodinamikaning birinchi qonuni Izobar va izohor issiqlik samaradorliklari Entalpiya Ko'riladigan masalalar Kimyoviy termodinamika. Issiqlik samaradorligi Gess qonuni va undan kelib chiqadigan hulosalar Termodinamikaning ikkinchi qonuni Entropiya va Gibbs enerdiyasi Muvozanatning termodinamik shartlari O'z-o'zidan boradigan termodinamik jarayonlar va ularning yo'nalish shartlari Termodinamika fani va uni o'rganishda ishlatiladigan tushunchalar Termodinamika - bu energiyaning bir turini ikkinchi turiga o'tishini o'rganuvci fandir. Energiya turlari: 1. mehanik energiya 2. issiqlik energiyasi 3. kimyoviy energiya 4. elektr energiya 5. yadro ichi energiyasi Sistema va uning turlari Atrofi muhitdan shartli ravishda ma'lum chegara bilan ajratiladigan har qanday jism yoki jismlar to'plami sistema deyiladi. Atrofi muhit bilan: Ochiq sistema - ham moddasi, ham energiyasi bilan almashinadi Yopiq sistema - faqat moddasi bilan almashinadi Ajratilgan sistema - moddasi bilan ham, energiyasi bilan ham almashinmaydi Termodinamik sistema va uning ichki energiyasi Agar sistema holat o'lchovlari deb yuritiladigan kattaliklar - massa, hajm, bosim, harorat, tarkibi, issiqlik sig'imi - bilan ta'riflansa u termodinamik sistema deyiladi. Sistemaning ichki energiyasi - bu uning mehanik energiyadan tashqari bo'lgan energiyaning barcha turlarining yig'indisidir. Termidinamikaning birinchi qinuni Har qanday jarayon davomida enerjiya yo'q bo'lmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi, u faqat bir ko'rinishdan ikkinchi ko'rinishiga ekvivalent miqdorda o'tishi mumkin. Organizmda modda almashinuvini boshqaruvchi jarayonda kimyoviy energiya, energiyaning boshqa turlariga o'tib, organizmning hayot faoliyatini ta'minlaydi. Termidinamikaning birinchi qinunini matematik ifodasi Q = U + A Bu yerda Q - sistemaning issiqligi U - ichki energiyaning ortishi: U = U2 - U1 A - tashqi ta'sirlar ostida bajariladigan ish miqdori Agar ish faqat hajm o'zgarishi hisobiga borsa A = P V unda: Q = U + P V Izohor jarayonning issiqlik samaradorligi Izohor jarayonda hajm o'zgarmas, ya'ni V = const bo'ladi. Hajm o'zgarmasa: V = 0 ish bajarilmaydi: PV = 0 Bunday sharoitda, termodinamikaning birinchi qonuniga binoan, sistemaga berilgan bor issiqlik uning ichki energiyasini oshirishga sarflanadi: QV = U Izibar jarayonning issiqlik samaradorligi Izobar jarayonda sistemaning bosimini o'zgarishi bo'lmaydi: P = const Bunday holat uchun termodinamikaning 1-chi qonunu Q = U + P V quyidagicha ko'chiriladi: QP ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
26.94 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
26.94 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:50 ]
Arxiv ichida: ppt