Kislota va asoslarni titrlash metodining mohiyati va qo'llanilishi. Indikatorlar nazariyasi

Kislota va asoslarni titrlash metodining mohiyati va qo'llanilishi. Indikatorlar nazariyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Kislota va asoslarni titrlash metodining mohiyati va qo'llanilishi. Indikatorlar nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Kislota va asoslarni titrlash metodining mohiyati va qo'llanilish sohasi. Indikatorlar nazariyasi Reja: Kislota va asoslarni titrlash metodining mohiyati va qo'llanish sohasi. Asidimetriya va alkalimetriya. Kislota va asoslarni titrlash metodida qo'llaniladigan indikatorlar. Indikatorlar nazariyasi Neytrallash metodida titrlash tartibi Kislota-asosli titrlash metodi asosida gidroksoniy (H3O+) yoki (H+) ionlarining gidroksil OH- ionlari bilan o'zaro ta'sirlashib kuchsiz elektrolit - suvning hosil bo'lishi bilan boradigan reaksiya yotadi. H3O + + OH- - 2H2O H++ OH- - H2O Bu metod kislotalar, gidroksidlar, suvda gidrolizlanuvchi tuzlar , aralashmalar miqdorini aniqlashda qo'llaniladi. Kislota- asosli titrlashning ikki metodi bor: Eritmadagi ishqorlar va suvdagi eritmalarda gidrolizlanishi natijasida ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuzlar konsentratsiyasini aniqlashda standartlashtirilgan ishchi eritma sifatida kislota eritmasi ishlatiladi. Bunday aniqlashlar atsidometriya (lotincha acidium- kislota) deb yuritiladi. Aksincha ishqorning standartlashtirilgan ishchi eritmasidan foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash alkalimetriya mumkin. Neytrallash metodlarida ishchi eritma sifatida xlorid, sulfat kislota, kaliy gidroksid, natriy gidroksid eritmalari ishlatiladi. Bu moddalardan boshlang'ich standart moddalar sifatida foydalanib bo'lmaydi. Taxminiy 0,1- 0,5 n li eritmalari tayyorlanib, ularning titri va normalligi standart eritmalar yordamida titrlab aniqlanadi. Titrlash jarayonida pH ning ma'lum qiymatida ekvivalent nuqtaga erishiladi va titrlash to 'xtatiladi. Neytrallash reaksiyasi qandaydir tashqi o 'zgarish bilan ketmaydi, shuning uchun ekvivalent nuqta - titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlash uchun maxsus indikatorlardan foydalaniladi. Neytrallash metodining asosiy ish eritmalari kislota (odatda HCl yoki H2SO4) va ishqor (NaOH yoki KOH) eritmasidir. Kislotalarning titrini aniqlashda boshlang'ich modda sifatida, ko'pincha bura Na2B4O710H2O yoki soda Na2CO3 ishlatiladi. Bu moddalarni qayta kristallga tushirish yo'li bilan formulasiga aniq javob beradigan holda olish mumkin. Ularning eritmalari yuqorida aytib o'tilganidek, kuchli ishqoriy muhitga ega bo'ladi va ularni kislotalar bilan titrlash mumkin. Ishqorlarni titrini aniqlashda ko'pincha oksalat kislota Н2С2О42Н2О yoki qaxrabo kislota Н2С4Н4О4 dan foydalaniladi. Bu kislotalarning ikkalasi ham qattiq kristall moddadir. Ular ham qayta kristallga tushirilgach formulasiga aniq javob beradigan darajada toza holda olinadi. Qaxrabo kislota tarkibida kristalizatsiya suvi yo'qligi va saqlanganda qurib qolish xavfi bo'lmaganligi uchun boshlang'ich modda sifatida ishlatishda oksalat kislotaga nisbatan ancha qulaydir Neytrallash usulida qo'llaniladigan indikatorlar Titrlashda ekvivalent nuqta -titrlashning oxirgi nuqtasi indikatorlar yordamida aniqlanadi. Agar indikator to'g'ri tanlansa, ekvivalent nuqta bilan titrlashning oxirgi nuqtasi bir nuqtada yotadi. Indikatorlar ishlatilish usuliga ko'ra, ichki va tashqi indikatorlarga bo'linadi. Agar indikator titrlanadigan eritmaga qo'shilsa ichki indikator deyiladi. Agar titrlanayotgan eritmadan bir tomchi olib indikator qog'ozga tomizilib tekshirilsa, tashqi indikator deyiladi. Ishlatiladigan reaksiyaning turiga ko'ra, indikatorlar quyidagilarga bo'linadi: - kislota-asosli indikatorlar; - oksidlanish-qaytarilish (red-oks) indikatorlari; - kompleksonometrik (metall) indikatorlari; - adsorbsiyalanish indikatorlari. Kislota-asosli indikator. Kislota-asosli indikatorlar kuchsiz organik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 345.73 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 345.73 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga