Kompleks birikmalarning sinflanishi

Kompleks birikmalarning sinflanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Kompleks birikmalarning sinflanishi - rasmi

Material tavsifi

Kompleks birikmalarning sinflanishi. Reja Koordinatsion birikmalarning sinflanishi. Kationli, neytral, anionli komplekslar. Xelatlar.Sendvich birikmalar. Berilliy va magniy gidroksidlari suvda qiyin eriganligi tufayli suv bilan sekin reaksiyaga kirishadi. Ishqoriy-yer metallari havo kislorodi va azoti bilan birikib, MeO va Me3N2 tipdagi birikmalarini hosil qiladi. Bu guruh elementlarining peroksidlari Me2O2 ishqoriy metallarnikiga qaraganda barqarordir. Bu elementlar oksidlarining suv bilan birikishi va gidroksidlarining suvda erishi va ishqor xossasi berilliydan bariyga tomon ortib boradi. Be(OH)2 amfoter gidroksid, Mg(OH)2 kuchsiz asos, Ca(OH)2 kuchli asos, Ba(OH)2 esa suvda yaxshi eriydigan kuchli ishqordir. Ishqoriy-yer metallar aktiv metallmaslar bilan oddiy sharoitda reaksiyaga kirishadi. Reaksiya natijasida issiqlik ajralib chiqadi, ya'ni ekzotermik reaksiya sodir bo'ladi. Bu elementlar vodorod bilan MeH2 tipdagi gidridlarni hosil qiladi, ko'pgina tuzlari, sulfat, karbonat, fosfat va ftoridlari suvda amalda eriydi; xlorid, bromid, yodid va nitratlari yaxshi eriydi. Kompleks birikma ichki sfera zaryadiga ko'ra: a) kationli [Al(H2O)6]3+Cl3; [Zn(NH3)4]2+Cl2, b) anionli K2[PtCl4]2; Na3[AlF6]3, c) neytral [fe2+(C5H5)2]0; [Pt(NH3)2Cl2]0. Ammo kompleks birikmalar juda xilma-xil va deyarli bu sinflanishga e'tibor berilmaydi. Tuzilishiga ko'ra koordinatsion birikmalar asosan 5 ga bo'linadi: 1. Molekulyar monodentatli ligandlar tutgan kompleks birikmalar. Masalan, H2O - akvokomplekslar, NH3 - ammiakatlar, NO - nitrozilli va CO - karbonilli kompleks birikmalar. 2. Atsidokomplekslar, ya'ni tarkibida Cl, F, SO42 va hokazo kabi kislota qoldig'i saqlagan kompleks birikmalar. 3. Ko'p yadroli kompleks birikmalar. Masalan, [(NH3)5Cr - NH2 - Cr(NH3)5]5+ Al2Cl6 4. Halqali, ya'ni polidentatli ligandlar tutgan kompleks birikmalar(xelatlar): a) molekulyar kompleks birikmalar b) ichki molekulyar kompleks birikmalar 5. -orbitallari bilan koordinatsion bog'hosil qilgan ligandlarning kompleks birikmalari (alkenli kompleks birikmalar, sendvich birikmalar, karbonillar, sianidlar, nitrozillar). Ferrotsen 1951 yilda sintez qilindi. Uning tuzilishini aniqlagan E. Fisher va J. Uilkinson Nobel mukofotini olishga sazovor bo'ldilar. Ferrotsendagi Fe(II) o'rnini boshqa metall egallashi mumkin - [Ni(C5H5)2]. Bundan tashqari ferrotsenning siklopenten halqalari ham almashinish reaksiyalariga kirishadi: Dibenzolxrom - [Cr(C6H6)2] 1919 yilda sintez qilindi, ammo uning tuzilishi 1945 yilda aniqlandi. Bu birikmada ham xrom benzol bilan sendvich shaklida birikkan. Dibenzolxrom 284oC da suyuqlanadi, suvda yomon, organic erituvchilarda yaxshi eriydigan diamagnit modda. Ikkita benzol yadrosidagi 12 ta p-elektronning -bog'lari xromning 6 ta bo'sh orbitallari bilan donor-akseptor bog' hosil qiladi. Ikkinchi tomondan xromning 3 ta electron jufti benzol molekulasidagi bo'sh -orbital bilan d--dativ bog' hosil qiladi. Shuning uchun sendvich strukturali birikmalar -komplekslar jumlasiga kiradi. Hozirda koordinatsion birikmalar tо'rt sinfga bо'linadi. A.Molekulyar monodentat ligandli koordinatsion birikmalar. Bular jumlasiga ammiakatlar, gidratlar hamda metall karbonillar kiradi. Masalan, [Cu (NH3)4] SO4, [Al (H2O)6] Cl3, [Ni (CO)4], [Co2 (CO)8]. B. Ion ligandli koordinatsion birikmalar. Bularga ligandlari kislota qoldig'idan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 203.67 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:53 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 203.67 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga