Kоmplеksоnоmеtrik titrlаsh mеtоdlаri

Kоmplеksоnоmеtrik titrlаsh mеtоdlаri

O'quvchilarga / Kimyo
Kоmplеksоnоmеtrik titrlаsh mеtоdlаri - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Kоmplеksоnоmеtrik titrlаsh mеtоdlаri Reja: Kompleksonometrik titrlashning mohiyati Kompleksonometriya metodida ekvivalent nuqtani belgilash usullari Kompleksonometruk titrlash usullari Kompleksonometriya Kompleksonometriya titrimetrik metod bo'lib, aniqlanuvchi ionlarning ba'zi bir organik reagentlar (kompleksonlar) bilan o'zaro ta'sir reaksiyasiga asoslangan. The utility of complexation titrations improved following the introduction by Schwarzenbach, in 1945, of aminocarboxylic acids as multidentate ligands capable of forming stable 1:1 complexes with metal ions. Kompleksonometriya metodiga 1946 yilda shveytsariyalik G.Shvarsenbax asos solgan Kompleksonometriya titrimetrik metod bo'lib, aniqlanuvchi ionlarning ba'zi bir organik reagentlar (kompleksonlar) bilan o'zaro ta'sir reaksiyasiga asoslangan. Metallarning ionlari amalda bir zumdayoq kompleksonlar bilan o'zaro ta'sirlashib, o'zgarmas tarkibli eruvchan kam dissotsilanuvchi birikmalar hosil qiladi. Kompleksonlar bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega: : suvda va ba'zi bir erituvchilarda yaxshi eriydi; ko'pchilik metall kationlari bilan oson reaksiyaga kirishadi, shu jumladan, boshqa kompleks hosil qiluvchi reagentlar bilan kompleks birikmalar hosil qilmaydigan ishqoriy - yer metallar kationlari bilan ham suvda eruvchan barqaror kompleks birikmalar hosil qiladilar; ba'zi bir kompleksonlar u yoki bu kationlarga tanlab ta'sir qilish xossalariga egadir. Kompleksonlar - aminopolikarbon kislotalarning hosilalaridan iborat organik birikmalardir. Bulardan eng oddiysi iminodisirka kislotadir. Komplekson I - nitriltrisirka kislota: Komplekson II etilendiamin tetrasirka kislota (EDTS): Komplekson II etilendiamintetrasirka kislotaning ikki natriyli tuzi (EDTA, Na - EDTA yoki Trilon B, qisqacha Na2H2Tr): Kompleksonlar tarkibida karboksil guruhlar (COOH) bilan birga, yana uchlamchi aminoguruh ≡N lar ham mavjud. Shunday tuzilishi sababli bu birikmalar metallar ionlari - kompleks hosil qiluvchilar bilan birdaniga bir necha koordinatsion bog'lar hosil qila olish xususiyatiga ega bo'lishi bilan ajralib turadi. Trilon B (C10 H14 O8 N 2 Na2 -2H 2 O)ko'pchilik kationlar bilan mustahkam va suvda eruvchan ichki kompleks tuzlar hosil qiladi. Bu tuzlar metall tomonidan karboksil guruhidagi vodorod atomlari o'rnini olishi va kationlarning aminoguruhdagi azot atomlari bilan o'zaro ta'siri hisobiga hosil bo'ladi Kompleksonlar bilan metall kationlari orasidagi reaksiyalar stexiometrik tarzda, ya'ni qat'iy ekvivalent nisbatlarda boradi, bu vaziyat kompleksonlarni ko'pgina kationlarni miqdoriy jihatdan aniqlashda qo'llashga imkoniyat yaratadi. Trilon B ko'pgina ionlar, chunonchi, Ca2+, Mg2+, Ba2+, Co3+, Cu2+, Zn2+, Ni2+, Al3+,CN', P043 va boshqa ionlarni aniqlashda foydalaniladi. Trilon B erit­masi bilan har xil oksidlanish darajali metallar ionlarini titrlanganda quyidagi reaksiyalar boradi Me2+ + [H2Tr]2- - [MeTr]2- + 2H+ Me3+ + [H2Tr]2- - [MeTr]- + 2H+ Me4+ + [H2Tr]2- - [MeTr] + 2H+ Bu yerda, [H2Tr]2- - natriy trilonatning anioni. Metallning bir ekvivalent massasi uning oksidlanish darajasiga bog'liq bo'lmagan holda kompleksning bir ekvivalent massadagisini bog'laydi Kompleksonometriya metodida ekvivalent nuqtani belgilash usullari a) Aniqlanuvchi kationni komplekson bilan o'zaro ta'siri natijasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 138.4 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 138.4 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga