Markazdan qochma ventilyatorning haraktiristikasini aniqlash Dinamik kompressorlar Bu turdagi mashinalarga asosan markazdan kochma, o'qli va oqimchali kompressorlar misol bo'ladi. Markazdan qochma kompressorlar shu turdagi nasoslar kabi ishlash prinspi bir xil.Ularga ventilyator, turbogazoduvka va turbokompressorlar kiradi. Markazdan qochma ventilyatorlar Shartli ravishda kichik 103 Pa, o'rta bosimli 103 Pa va yuqori bosimli va past bosimli ventilyatorga bo'linadi. Kichik bosimli ventilyatorning spiral ko'rinishidagi qobig'ida bir nechta kurakchali ishchi g'ildiragi 2 aylanadi 1- rasm. Markazdan qochma ventilyator. 1-qobik; 2-ishchi gildirak; 3-surish pattrubkasi; 4-xaydash patrubkasi. Gaz g'ildirak o'qi orqali patrubka 3 yordamida surib olinadi va uzatish patrubkasi 4 orqali xaydash quvuriga chiqarib beriladi. O'rta va yuqori bosimli ventilyatorlar ishchi g'ildiraklarining eni nisbatan keng bo'lib, kurakchalari oldinga egilgan bo'ladi. Markazdan qochma ventilyatorlar xarakteristikasi nasoslarniki bilan bir xil bo'lib, Q, N, va N kabi parametrlar aylaniShlar soni p ga bog'liq. va (1,2,3) tenglamalardan hisoblab aniqlanadi. Ventilyatorda hosil bo'ladigan bosim (4) yoki (2.80) tenglamalar yordamida aniqlanadi: (1) (2) (3) (4) (5) Ventilyator uqidagi Ne quvvat: Turbogazoduvkalar Bir bosqichli turbogazoduvkalar (2.59-rasm) yuqori bosimli ventilyatorga o'xshash bo'lib, gazlarni 3 104 Pa bosimgacha sikali. Spiral ko'rinishidagi korpus 1 da gildirak 2 aylanadi, gildirakning kurakchalarida ichkariga yo'naltiruvchi moslamasi 3 joylaShgan va unda gazning kinetik energiyasi bosimning potensial energiyasiga aylantiriladi. Sikilgan gaz turbogazoduvkalar patrubkasi 5 orqali chikadi. 2-rasm. Turbogazoduvka sxemasi. 1 - qobik; 2 - ishchi gildirak; 3 - yo'naltiruvchi moslama; 4 - surish patrubkasi; 5 - xaydash safubkasi. Ko'p bosqichli turbogazoduvkalarda bitta o'qqa bir nechta kurakchali gildiraklar (3-4 ta) urnatiladi. Bunda gaz bosqichlar orasida sovutilmaydi. Ko'p bosqichli turbogazoduvkalarda gildiraklar diametri o'zgarmaydi, eniga esa, birinchisidan oxiriga qarab, kamayib boradi. Bu bilan xar bir bosqichda siqish darajasi ortib boradi. O'qning aylanishlar soni va kurakchalar tuzilishi o'zgartirilmaydi. Turbogazoduvkalarda siqish darajasi 3-3,5 dan ortmaydi. Turbokompressorlar tuzilishi bo'yicha xuddi turbogazoduvka konstruksiyasi kabi, faqat ular yuqori siqish darajasini ta'minlaydi. Undan tashqari, ularda gildiraklar soni ancha ko'p bo'ladi. Gildiraklar diametri va eni birinchi gildirakka nisbatan asta-sekin kamayib boradi. Ko'p xollarda turbokompressor gildiraklari seksiyalanib, 2 yoki 3 korpusga joylashtiriladi. Har bir kobikda gildiraklar diametri turlicha bo'lsa, lekin qobiq ichidagi g'ildiraklar diametri bir xil, eni esa har xildir. Odatda, bir qobikdan ikkinchisiga o'tayotgan siqilgan gaz maxsus sovutkichlarda temperaturasi pasaytiriladi. Turbokompressorlarda maksimal erishish mumkin bo'lgan bosim 2,53,0 MPa. ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
90.8 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:55
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
90.8 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:55 ]
Arxiv ichida: pptx