Mendeleyevning elementlar davriy qonuni

Mendeleyevning elementlar davriy qonuni

O'quvchilarga / Kimyo
Mendeleyevning elementlar davriy qonuni - rasmi

Material tavsifi

MENDELEYEVNING ELEMENTLAR DAVRIY QONUNI XVII asr oxiri XVII asr oxirida 25 ta element ma'lum bo'lib, XIX asrning birinchi choragida yana 19 element kashf kilindi. Elementlar kashf qilinishi bilan ularning atom og'irliklari, fizikaviy va kimyoviy xossalari urganib borildi. Bu tekshirishlar natijasida ba'zi elementlarning avvaldan ma'lum bo'lgan tabiiy gruppalari (masalan, ishkoriy metallar, ishkoriy yer metallar, galogenlar) ga o'xshash elementlar gruppalari aniqlana bordi. Elementlar va ularning birikmalari haqidagi ma'lumotlar kimyogarlar oldiga barcha elementlarni gruppalarga ajratish vazifasini kuydi. 1789 yilda A.Lavuazye kimyoviy elementlarning birinchi klassifikasiyasini yaratdi. U barcha oddiy moddalarni 4 gruppaga (metallmaslar, metallar, kislota radikallari va yerlar, ya'ni oksidlar) ajratdi. Metallar va metallmaslar 1812 yilda Berselius barcha elementlarni metallar va metallmaslarga ajratdi. Bu klassifikasiya dagal va noaniq edi, lekin shunga qaramasdan xaligacha o'z kuchini yukotmay kelmokda. Triadalar 1829 yilda Debereyner uchta-uchta elementdan iborat o'xshash elementlarning gruppalarini tuzdi va ularni triadalar deb atadi. Xar qaysi triadada o'rtadagi elementning atom og'irligi ikki chetdagi elementlarning atom og'irliklari yig'indisining 2 ga bulinganiga teng. Usha vaqtda ma'lum bo'lgan elementlardan faqat yettita triada tuzish mumkin bo'ldi. 1863 yilda elementlar sistemasi Fransuz olimi de Shankurtua 1863 yilda elementlar sistemasini tuzish uchun silindr ukiga nisbatan 45° buylab silindr sirtiga spiral chiziqlar chizdi. Xar ikki spiral orasini 16 bo'lakka bo'ldi. Spiral chiziqlarga barcha elementlarni ularning atom og'irliklari ortib borish tartibida joylashtirganida, o'zaro o'xshash elementlarning atom og'irliklari orasidagi ayirma 16, 32, 48 ga teng bo'lishi aniqlandi. Oktavalar qonuni Ingliz olimi Nyulends 1863 yilda o'zining oktavalar qonunini kashf etdi. U elementlarni ularning atom og'irliklari ortib borish tartibida bir qatorga joylashtirganda, xar qaysi sakkizinchi element o'z xossalari bilan birinchi elementga o'xshash bo'lishini kurdi. Bu tartib muzika notasidagi gammalar kabi takrorlandi. Nemis olimi Lotar Meyer 1864 yildagi sistemasi Nemis olimi Lotar Meyer 1864 yilda o'z sistemasini ishlab chikdi. U 27 ta elementni valentliklariga qarab olti gruppaga bo'ldi. U o'z asarini atom og'irliklarning son bilan ifodalanadigan qiymatlarida biror qonuniyat borligiga shubxa bo'lishi mumkin emas degan ibora bilan tugatdi. Meyer o'zining ikkinchi makolasida (uning makolasi Mendeleyev makolasidan keyin nashr qilingan edi) elementlarning solishtirma xajmlari davriy ravishda o'zgarishini (ya'ni bir necha elementdan keyin qaytarilishini) kashf etdi. Bu kashfiyot katta ahamiyatga ega bo'ldi,lekin davriy qonunni ta'riflash uchun yetarli emas edi. D.I.Mendeleyevdan oldin olib borilgan ishlarni mazmuni D.I.Mendeleyevdan oldin olib borilgan ishlarning xech birida kimyoviy elementlar orasida o'zaro uzviy bog'lanish borligi topilmadi. Xech kim elementlar orasidagi o'xshashlik va ayirmalar asosida kimyoning muhim qonunlaridan biri turganligini D.I.Mendeleyevgacha kashf etolmadi. chuqur ilmiy bashorat va ilmiy izlanishlar natijasida D.I.Mendeleyev 1869 yilda tabiatning muhim qonuni-kimyoviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.33 MB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:56 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.33 MB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga