Mavzu: Metallmaslar. Uglerod guruhi elementlariga umumiy tavsif. Metallmaslarning davriy jadvaldagi o'rni Atom xususiyatlari Barcha metallmaslar p elementlardir ( Vodorod va geliy s element ) Kimyoviy reaksiyalarda metallmaslar odatda elektronni o'ziga biriktirib olib, oksidlovchilik xossasini namoyon qiladi. Elektronlarni biriktirib olish xususiyati davrlarda tartib raqam ortgan sari ortib boradi, guruhlarda tartib raqam ortgan sari kamayadi. Fizik xossalari Normal sharoitda aksariyat metallmaslar gaz ( Vodorod, xlor , kislorod, geliy va xk.). Ayrim metallmaslar qattiq ( oltingugurt, uglerod, fosfor va xk). Shuningdek suyuq holatda ( brom ) bo'ladi Metallmaslar tabiatda Uglerod guruhchasi Davriy sistemaning IV guruh bosh guruhchasi uglerod guruhchasi deyiladi. Uglerod guruhchasiga uglerod, kremniy, germaniy, qalay va qo'rg'oshin elementlari kiradi . Bu guruhcha elementlari p elementlar oilasiga kiradi. Birikmalarida II va IV valenlikni namoyon qiladi. Yuqori oksidlanish darajasi +4 ga teng Uglerod guruhi elementlari xossalari Uglerod Uglerod- tirik tabiatning asosidir. Uglerod tabiatda sof holda va birikmalar holida tarqalgan Olmos va grafit uglerodning allotropik shakl o'zgarishlaridir Bundan tashqari uglerodning yana bir nechta allotropik ko'rinishlari mavjud. Uglerodning tabiatda tarqalishi Dolomit Yog'och Ko'mir Magnezit Oxaktosh Soda Uglerodning allotropik shakl o'zgarishlari Olmos Grafit Karbin Fullerin Nanotrubka Grafen Uglerodning allotropik shakl o'zgarishlari Olmos - Tabiatdagi eng qattiq modda. Toza olmos rangsiz, tiniq, nur sindirish xususiyati kuchli, yaltiroq kristall modda. Olmos issiqlikni yaxshi o'tkazadi, elektr tokini esa o'tkazmaydi. Olmosning yirik kristallari brilliant holida qayta ishlanib, zargarlik buyumlari tayorlashda ishlatiladi. Texnik olmos sun'iy usulda olinadi. Undan texnikada oynalarni kesish, metallar va boshqa qattiq jismlarga ishlov berish kabi maqsadlarda foydalaniladi. Grafit - metall yaltiroqligiga ega bo'lgan, yumshoq, qora rangli kristall modda. Grafitda uglerod atomlari qatlamlar holida joylashadi. Grafit jismlarga ishqalanganda yemiriladi.Undan surkov vositalari, elektrodlar, qalamlar ishlab chiqariladi. Yog'och ko'miri (pista ko'mir), hayvon ko'miri, koks, qurum grafitning juda mayda kristallari to'plamidan iborat bo'ladi. Davriy sitemadagi o'rni Uglerod davriy sistemada 3-davr IV guruh bosh guruhchasida 6-tartib raqamda joylashgan Nisbiy atom massasi 12,011ga teng. Uglerod davriy sistemada elektronini oson beradigan va elektron qabul qiladigan elementlar o'rtasida joylashgan Atom tuzilishi Uglerodning tashqi qavatida 4 ta elektron bor. U birikmalarida II va IV valentlikni namoyon qiladi. C+6 1s22s22p2 Kimyoviy xossalari Odatdagi sharoitda uglerod faolligi yuqori emas. Qizdirilganda ko'plab moddalar : kislorod, oltingugurt , azot, metallar, metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi. Uglerod ftor bilan bevosita ta'sirlashadi, lekin boshqa galogenlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. C + 2F2 → CF4 (Uglerod (IV) ftorid ) Kislorod bilan reaksiyaga kirishib ikki xil oksid hosil qiladi: C + O2 → CO2 ; CO2 + C → 2CO Yuqori haroratda oltingugurt bilan birikadi: C ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:57
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:57 ]
Arxiv ichida: pptx