mikrozarrachalarning dualistik tabiati Yorug'likning modda bilan ta'siri. Fotoeffekt. Eynshteyn nazariyasi. De-Broyl to'lqini. Korpuskulyar to'lqin dualizmi Elektronlarning tabiati, ularning harakat qonunlarini o'rganish masalasi kvant mexanika tomonidan to'la xal qilindi. De-Broyl, Geyzenberg, Shredinger ishlari elektronning boshqa mikrozarrachalar qatori (fotonlar boshqa mikrozarrachalar kabi) dualistik tabiatga ega ekanligini elektrondan turli maqsadlarda juda keng foydalanish mumkinligini ko'rsatdi. Elektronografiya, elektron mikroskopiya, elektron tezlatkichlar, rentgen nurlari kashf qilinishi va boshqalar. Shu sababdan mikrosistemalarning holatini ifoda qiluvchi to'lqin funksiyasini tuzish, uni o'z ichiga olgan Shredinger tenglamasini yechish va undan kelib chiqadigan xulosalar bilan tanishish muhim hisoblanadi. Korpuskulyar (zarra) nazariya 1675 yil Isaak Nyuton tomonidan Qirol jamiyatiga qilingan axborotida talif qilingan bo'lib, butun dunyoda tan olingan. Gyuygens Nyutondan avvalroq yorug'likning to'lqin nazariyasini taklif qilgan va bu nazariyani Guk quvvatlagan. 1800 yil Tomas Yung korpuskulyar nazariyaga qarshi o'zining birinchi ilmiy ishini chop etgan 1801 yilda Yung interferensiya hodisasini va hodisa yordamida Nyuton halqalarini tushuntirib berdi monoxromatik yorug'lik manbaininng nurlarini diagrammadagi 2 ta teshikka fokuslansa, ekranda bir qator chiziqlar paydo bo'ladi. Bu chiziqlarning joylashishini to'lqin nazariyasi yordamida interferensiyadan foydalanib oson tushuntirib berish mumkin. yorug' chiziqni qoramtir chiziq n - butun son; - to'lqin uzunligi; d - teshiklardan o'tayotgan yorug'lik to'lqinlari orasidagi masofa; - burchak 1815 yilda Frensl yana interferensiya hodisasini tekshirdi va to'lqin nazariyasini matematik jihatdan isbotlashni boshlab berdi. Frenklning ilmiy ishini korpuskulyar nazariya tarafdorlari rad eta olmadilar va Gyugensning to'lqin nazariyasi uning o'limidan 100 yildan ko'proq vaqt o'tgandagina tan olindi. 19 asr davomida to'lqin nazariyasini isbot qiluvchi yana bir qancha tajriba asosida olingan dalillar paydo bo'ldi va 20 asrning boshiga kelib, olimlar dunyosida yorug'lik to'lqin tabiatiga egaligi haqida fikr xech kim tomonidan inkor etilmagan, xuddi bundan 100 yil avval yorug'likning korpuskulyar tabiatga ega ekanligini tan olgani kabi. 1985 va 1898 yillar oralig'ida Rentgen X - nurlarni, Bekkerl - radioaktivlikni va Tomson - elektronni kashf etdi. Bu kashfiyotlar bilan birgalikda elektromagnit nurlanishning tabiatini to'la tushuntirish xam kirib keldi. Elektronning elektr zaryadining qiymatini amerikalik fizik Milliken topgan (1909-1917 yillardagi tajribalar asosida). (1.6*10-19Kl.) Bu zaryadni elementar zaryad birligi deb ataladi. Elektron zaryadini va Tomson topgan em nisbatni bilgan holda elektronning massasini aniqlash mumkin. 9.11*10-31 kg yoki vodorod atomi massasining 11849 qismini tashkil qiladi. XIX asrning oxirida ko'p olimlar tajribada olingan energiya zichligining taqsimlanish egri chiziqlarini, nazariy tushuntirishda 1-bo'lib Stefan-Boltsman qonunining o'rganilishi bo'ldi. Bu qonunni 1879 yilda Stefan taklif qildi va 1884 yilda Boltsman keltirib chiqardi: . Stefan-Boltsman qonuniga chastota kirmaganligi sababli, bu qonundan foydalanib faqat intensivligi taqsimlanishi egri chizig'i tagidagi yuzani ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
520.76 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:57
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
520.76 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:57 ]
Arxiv ichida: pptx