Mavzu: Miqdoriy analiz va uning metodlari Reja: 1. Miqdoriy analiz predmeti va ahamiyati 2.Miqdoriy analizning asosiy mavzulari. 3.Gravimetrik (tortma), titrimetrik (hajmiy) va gaz analizlari. Miqdoriy analizning fizik-kimyoviy metodlari, ularning tavsifi. 4.Analiz xatoliklari : absolyut, nisbiy, tasodifiy va sistematik xatolar Miqdoriy analiz foydali qazilmalarni izlab topish, metallurgiya va kimyoviy texnologiya, biokimyo va agrokimyo, tuproqshunoslik, o'simliklar fiziologiyasi, dorishunoslik, tibbiyot va boshqa sohalar bilan uzviy bog'liqdir. Miqdoriy analiz o'simliklar va hayvonlar a'zolarining tarkibi to'g'isidagi ma'lumotlarga ega bo'lishga, ayrim elementlarni ularning o'sishiga, rivojlanishiga va mahsuldorligiga ta'sirini o'rganishga imkon beradi. Miqdoriy analizning hozirgi zamon metodlari o'lchanadigan ko'rsatkichlar (xossalar): modda massasi; reagent eritmasi hajmi; elementlarning spektr chiziqlarining intensivligi; ko'rinadigan, infraqizil va ultrabinafsha nurlarining yutilishi; sorbentlarning adsorbsion xossalari; eritmalarning elektr o'tkazuvchanligi, elektrod potensiali, diffuzion tok qiymati, radioaktiv impulslar soni va boshqalar asosida turlarga ajratiladi. Kimyoviy metodlarga gravimetrik (tortma) analiz, titrimetrik (hajmiy) analiz va gazovolyumetrik analizlar kiradi. Fizik va fizik- kimyoviy metodlarni shartli ravishda instrumental metodlar nomi bilan yuritiladi. Kimyoviy metodlar 1. Gravimetrik (tarozida tortib bajariladigan) analiz. Gravimetrik analiz - deb komponent (element yoki ion) miqdorini analiz qilish natijasida olingan moddaning massasiga qarab aniqlashga aytiladi. Bu usul analiz qilinadigan moddani va so'ngra ajratib olingan aniqlanadigan element (birikma)ni analitik tarozida tortishga asoslangan. Analiz quyidagi tartibda bajariladi. Tekshirilayotgan modda namunasi analitik tarozida tortiladi, so'ngra namuna eritmaga o'tkaziladi, zaruriy komponent (miqdorini aniqlash kerak bo'lgan element, ion) kam eruvchan va aniq tarkibli birikma holida cho'ktiriladi, cho'kmani filtrlab, eritmadan ajratiladi (sentrafugalanadi). Cho'kma massasi o'zgarmay qolguncha quritiladi va analitik tarozida tortiladi. Cho'kmaning massasini va tarkibini bilgan holda zaruriy komponentning foiz hisobidagi (cho'kmadagi va olingan namunadagi) miqdori hisoblab topiladi. Gravimetrik analiz uch: ajratish, cho'ktirish, haydash usullariga bo'linadi. Ajratish usulida aniqlanayotgan modda aralashmadan ajratib tozalanadi va massasi anaiitik tarozida tortiladi. Masalan, temir bilan oltingugurt aralashmasidan temirning magnitga tortilish xususiyatidan foydalaniladi. Cho'ktirish usulida aniqlanadigan modda kimyoviy reaksiya yordamida tarkibi aniq bo'lgan qiyin eriydigan birikma holida cho'ktiriladi. Bunda cho'kma qizdirilib tarkibi aniq boigan boshqa moddaga aylantiriladi va shu moddaning massasi anaiitik tarozida tortilib modda miqdori aniqlanadi. Masalan: Haydash usulida aniqlanadigan modda uchuvchan birikma holida haydaladi. Bunda aniqlanadigan modda qizdirish yoki boshqa modda (reaktiv) ta'sirida uchuvchan birikma hosil qiladi gan holatga o'tkazish bilan ajratiladi. Haydash usullari to'g'ri va teskari bo'lishi mumkin. To'g'ri haydash usulida aniqlanadagan modda biror o 'ziga xos yutuvchiga yutiladi va yutuvchi massasining oshishiga qarab aniqlanadigan moddaning miqdori hisoblanadi: Teskari haydash usulida.aniqlanadigan modda to'liq parchalangandan keyin qolgan massasi o 'lchanadi. Haydashdan oldingi va keyingi massalar farqi aniqlanadigan modda miqdorini hisoblash imkonini beradi. Kimyoviy metodlar 2. Titrimetrik (hajmiy) ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.49 MB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.49 MB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:58 ]
Arxiv ichida: pptx