MAVZU: MODDALARNING AGREGAT HOLATLARI REJA: 1.MODDALARNING AGREGAT HOLATLARI. 2.Qattiq holat (kristall va amorf holat). 3. Suyuq holat. 4. GAZ HOLATI. 5.Plazma holati. Tabiatdagi barcha moddalar sharoitga qarab, turli holatda - qattiq, suyuq, gaz va plazma holatida bo'ladi. Bu holatlar moddaning agregat holati deyiladi. Moddaning agregat holati uni tashkil etuvchi zarrachalar orasidagi masofaga va bu zarrachalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchining katta-kichikligiga qarab aniqlanadi. Moddaning agregat holatiga tashqi sharoit - bosim va temperatura katta ta'sir ko'rsatadi. Bosim va temperatura o'zgarganda moddani tashkil etuvchi zarrachalar orasidagi masofa o'zgarib, natijada modda asta-sekin bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatiga o'tishi mumkin. Masalan, temir 1535 o C qadar qattiq holatda bo'ladi. 1535o Cda esa suyuq holatga o'tadi, qaynash temperaturasida yuqori temperaturaga qadar, qizdirilganda esa bug'ga aylanadi, ya'ni gaz holatiga o'tadi. Gaz holatidagi havoni kompressorlarda yuqori bosimda va past temperaturagacha sovutish yo'li bilan suyuq holatga o'tkazish mumkin. Kimyo zavodlaridan ana shu yo'l bilan havodan azot va kislorod ajratib olinadi. Suv normal atmosfera bosimida 0oC ga qadar qattiq holatda (muz), 0 o C bilan 100 o C orasida suyuq holatda va 100 o Cdan yuqori temperaturada gaz holatida bo'ladi. Ba'zi moddalar tashqi sharoit har qancha o'zgartirilganda ham agregat holatini o'zgartirmaydi. Masalan, kalsiy karbonat asosan qattiq holatda bo'lib, uni suyuq holatga ham, gaz holatiga ham o'tkazib bo'lmaydi, chunki u qizdirilganda suyuqlanmasdan va bug'lanmasdan to'g'ridan-to'g'ri kalsiy oksid bilan uglerod (IV) - oksidga ajraladi. Moddalarning agregat holati o'zgarganda, xossalari ham qisman o'zgaradi. Shuning uchun moddaning qanday sharoitda qaysi agregat holatda bo'lishini bilish katta ahamiyatga ega. Moddaning qattiq holati. Moddaning qattiq holati agregat holatlarining biri bo'lib, u atomlarning (molekulalar, ionlarning) geometrik jihatdan batartib joylashganligi bilan ajralib turadi. Qattiq holatda modda zarrachalari orasidagi masofa shu zarrachalarning o'lchamlariga deyarli teng bo'ladi. Shu sababli zarrachalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari katta bo'lgani uchun qattiq holatdagi moddalar muayyan shakl va hajmga ega bo'ladi. Qattiq moddalar ichki tuzilishiga, ya'ni zarrachalarning bir-biriga nisbatan qanday tartibda joylashganligiga qarab kristall, ham amorf moddalarga bo'linadi. Bir moddaning o'zi ham kristall, ham amorf holatda bo'lishi mumkin (masalan, kristall holdagi kvars bilan amorf holatga qaraganda barqaror bo'ladi. Moddaning amorf holati shakli, optik, mexanik, elektr va boshqa fizikaviy xossalarining anizotropiyasi (ya'ni yo'nalishga bog'liq bo'lmasligi) va suyuqlanish temperaturasining qat'iy muayyan bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Tabiatda amorf holatdagi moddalar kristall moddalarga qaraganda kamroq uchraydi. Tabiiy va sun'iy smolalar doimo amorf holatda bo'ladi. Amorf jismlarning eng tipik vakili odatdagi silikat shishadir, shu sababli amorf holat shishasimon holat ham deyiladi. Amorf moddalar tuzilishi jihatdan suyuqliklarga o'xshaydi va ulardan zarrachalarining harakatchanligi ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:58
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:58 ]
Arxiv ichida: ppt