FARGONA VILOYATI RISHTON TUMANI 18 - MAKTAB KIMYO FANI O'QITUVCHISI QODIROVA NIGORANING NATRIY VA KALIYNING XOSSALARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN DARS TAQDIMOTI REJA: Tabiatda uchrashi Olinishi Fizik xossalari Kimyoviy xossalari Ishqoriy metallarning gidroksidlari TABIATDA UCHRASHI Natriy va kaliy tabiatda keng tarqalgan bo'lib, faqat birikmalari shaklida ko'plab tog' jinslari va minerallar tarkibiga kiradi. Natriy xlorid (osh tuzi) ko'l, dengiz va okean suvlarida, ayrim joylarda esa toshtuz shaklida yer ostida 100 m qalinlikkacha bo'lgan qatlamlar tashkil qilgan holda uchraydi. Glauber tuzi Na2SO4-10H2O va Chili selitrasi NaNO3 ham natriyning tabiatda ko'p uchraydigan birikmalaridir. Silvinit KCl-NaCl, karnallit KCl-MgCl2-6H2O minerallari tarkibiga kaliy ham kiradi va u barcha o'simliklarda uchraydi. O'zbekistonda kaliyning tuzlari Qashqadaryo viloyatidagi Tubokat, Surxondaryo viloyatidagi Xo'jaikon konlaridan qazib olinadi Tosh tuzi (natriy xlorid) Xo'jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a konlaridan qazib olinadi Borsakelmas tosh tuzidan Qo'ng'irotda soda ishlab chiqarilmoqda OLINISHI Sanoatda natriy va kaliy ularning suyuqlantirilgan tuzlarini elektroliz qilib olinadi. Masalan, natriy xlorid suyuqlanmasi tegishli ionlarga dissotsiatsiyalanadi: Doimiy tok o'tkazilganda bu suyuqlanmadagi natriy ionlari katodga tortiladi va elektron qabul qilib erkin holda ajraladi; xlor ionlari anodga tortiladi va elektron berib erkin xlor gazi holida ajralib chiqadi. FIZIK XOSSALARI Natriy va kaliy-yumshoq, kumushrang metallar. Ularning zichligi va suyuqlanish harorati yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan. Tipik metallar kabi natriy va kaliy yuqori elektr va issiqlik o'tkazuvchanlikka, metall yaltiroqligiga, plastiklikka ega. natriy va kaliy ionlari alangani xarakterli rangga bo'yaydi: natriy-sariq rangga, kaliy-och binafsha rangga kiritadi. Bu xususiyatdan ularning birikmalarini aniqlashda foydalaniladi. KIMYOVIY XOSSALARI Barcha ishqoriy metallar kabi natriy va kaliy kuchli qaytaruvchilardir. Ular barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishishadi. Birikmalarida doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Natriy va kaliy kislorodda yonganda peroksidlar Na2O2 va KO2 (yoki K2O4) hamda qo'shimchalar sifatida Na2O, K2O hosil bo'ladi (toza oksidlar peroksidlarga metall qo'shib qizdirib olinadi): 2Na + O2 - Na2O2 Na-O-O-Na 4Na + O2 - 2Na2O Na-O-Na Havoda natriy va kaliy tezda oksid qatlami bilan qoplanib qoladi. Shuning uchun ularni kerosin ostida saqlanadi. Natriy va kaliyning boshqa metallmaslar bilan ta'siridan tuzlar hosil bo'ladi: 2Na + Cl2 - 2NaCl natriy xlorid 6K + N2 - 2K3N kaliy nitrid 2K + H2 - 2KH kaliy gidrid Natriy va kaliyning oltingugurt bilan ta'sirlashuvidan M2Sn tarkibli sulfidlar olinadi. 2Na + S - Na2S natriy sulfid 2Na + 2S - Na2S2 natriy disulfid 2K + 5S - K2S5 kaliy pentasulfid Natriy va kaliyning metallmaslar bilan birikmalari ion bog'li qattiq moddalar. Natriy va kaliy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta'sirlashadi. Natijada natriy yoki kaliy gidroksid va ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: ppt