Nitrat kislota ishlab chiqarish texnologiyasi Reja: 1.Nitrat kislotaning xossalari va ishlatilishi. 2.Nitrat kislotaning olinish usullari. 3.Nitrat kislota ishlab chiqarish texnologiyasi. . Kimyo sanoati xalq xo'jaligining eng inqilobiy tarmog'i bo'lib, butun iqtisodiy taraqqiyotga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Kimyo sanoatining xom ashyosi bu bitmas tuganmas arzon va tekin-moddalar: tuproq, suv, havo, arzon tabiiy qazilmalar:neft, gaz, toshko'mir, torf, slanets, rudalar, hatto atrof muhitni ifloslovchi, chiqindilar tutunlar, zaharli gazlar va boshqalardir. Kimyo sanoati mana shu xom ashyolardan xalq xo'jaligining qariyb barcha tarmoqlari uchun bir necha o'n minglab qimmatbaho mahsulotlar: plastmassalar, kauchuk va rezina, kimyoviy tolalar, jun, ipak, charm, o'g'itlar, bo'yoqlar, loklar, chinni buyumlar, shisha, tsiment, spirtlar, kislotalar, erituvchilar, motor yoqilg'ilari, surkov moylari,portlovchi moddalar,koks,rangli va qora metallar va ularning qotishmalari,dori darmonlar hatto ayrim oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar ishlab chiqarmoqda.Ularning ko'pchiligi tabiatda uchramaydi,sifati jihatidan tabiiy mahsulotlardan qolishmaydi,hatto bazi xossalari bo'yicha ulardan ustun turadi.Faqat rezinadan 30 ming,plastmassadan esa 50 ming nomda buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Kimyo sanoati hozirgi paytda 50 mingdan ortiqroq nomda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmokda. Planetamizda aholi sonining progressiv o'sib borishi,ekin maydonlarining cheklanganligi,oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi sababli avvalo hayvonlar uchun (SaNPO4 va SO(NH2)2 ) larni mol ozuqasiga qo'shib beriladi),keyinchalik esa odamlarning bevosita istemoli uchun sun'iy va sintetik oziq-ovqatlar mahsulotlari,ayniqsa oqsil moddalarni mikrobiologik sintez yo'li bilan ishlab chiqarish ehtiyoji tug'ildi.Keyingi yillarda oqsilli preparatlarni yirik sanoat korxonalarda mikrobiologik sintez yo'li bilan ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Bunda xom ashyo sifatida parafinlar,spirtlar va organik kislotalar, kattalizator sifatida esa fermentlardan foydalaniladi. Dunyo bo'yicha ishlab chiqarilayotgan neftning (har yili dunyoda tahminan 2,5 mlrd. t. neft qazib olinmoqda ) atigi 4 foizi mikrobiologik sintez yo'li bilan qayta ishlansa yer yuzi aholisini (ularning soni hozirgi kunda 5,1 mlrd kishi)oqsilga bo'lgan talabni kondirish mumkin. Dunyodagi ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda biotexnologik usullar yordamida ozika oqsili, oqsil vitamini kontsentratlar fermetlar turushlar, aminokislatalar, gormonlar, masalan: o'sish garmoni somatotropin antobiotik dorilar va boshqalar ishlab chikarilmokda. Kimyoviy toza, suvsiz 100 %li nitrat kislota,- rangsiz suyuqlik, o'tkir hidli, zichligi 1,52 gsm3, +82,60S da qaynaydi, 41,60Sda muzlaydi. Suv bilan har qanday nisbatlarda aralasha oladi. Suyultirilganda issiqlik chiqishi gidratlar hosil bo'lishidan dalolat beradi (HNO3·H2O, HNO3·2H2O). 68,4 %li nitrat kislotasi esa azeotrop aralashma bo'lib 121,90S da qaynaydi (65-rasm), bunda u suv bilan birga qo'shilib haydaladi. Nitrat kislota issiqlik va yorug'lik ta'sirida parchalanadi. Ajralib chiqqan azot (IV) - oksidi kislotada erib, uni qo'ng'ir yoki qizil ( erigan NO2 ning miqdoriga qarab) rangga bo'yaydi. Shuningdek nitrat kislota kuchli oksidlovchidir. U oltin, platina, tantal, radiy, iridiydan boshqa barcha metallarni eritib tegishli nitratlar yoki oksidlarga aylantira oladi. Kontsentrlangan nitrat kislota ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: ppt