Nuklein kislotalar

Nuklein kislotalar

O'quvchilarga / Kimyo
Nuklein kislotalar - rasmi

Material tavsifi

NUKLYeIN KISLOTALAR Nuklein kislotalar 1868 yili shveytsariyalik biolog olim Fridrix Misher tomonidan kashf etilgan. U qon elementlari-leykotsitlar («yiring hujayralari») yadrosidan fosforga boy birikmani ajratib olib, unga «nuklein» nomini beradi. 1891 yilda nemis olimi Kossel bu moddalarni gidroliz qilib, ular uch xil komponentdan: purin va pirimidinlar qatoriga kiradigan geterosiklik azotli asoslar, uglevod va fosfat kislotadan tashkil bo'lganligini aniqladi. Keyinroq ular tarkibiga kiradigan uglevod komponenti - pentozaning riboza yoki dezoksiriboza bo'lishiga qarab r i b o n u kl e i n kislota (RNK) va d e z o k si r i b o n u k l e i n -kislota (DNK) nomini oldilar. 1928 yilda ingliz olimi Fred Griffits pnevmokokklarning o'ldirilgan hujayrada tirik hujayrani o'zgartira oladigan qandaydir omil (transformatsiya chiqaruvchi)ning mavjud bo'lishiga bog'liq degan fikrga keldi. 1944 yilda amerikalik olim Everi o'zining kasbdoshlari Mak Leod va Mak Kartilar bilan pnevmokokklarning bir turini ikkinchi turga aylantiradigan modda bu DNK ekanligi tasdiqladi. 1941 yilda «bir gen - bir oqsil» formulasi fanda umumiy qoida sifatida qabul qilinadi. Bidl va Tatum tasdiqlagan bu qoidaning manosi genlar oqsil (ferment)lar sintezini idora qilishi prinsipini aniqlab berishdadir. Nuklein kislotalarning aniq tuzilishi 50- yillardan keyin, ularning biologik funksiyasi, biosintezi va boshqa xususiyatlarini tadqiq etish jarayonidagina to'la tushunila boshlandi. 1953 yil J. Uotson va Frensis Qrik tomonidan DNK ning qo'sh spiralli modelining yaratildi. DNK molekulasining o'z-o'zidan ko'payishini (replikatsiyani) bajaruvchi ferment DNK - polimeraza Artur Kornberg (1957 y.) tomonidan kashf etilib, keyinroq u shu fermentdan foydalanib DNK molekulasini saqlovchi tirik mavjudot - virusni, jahonda birinchi bo'lib sun'iy ravishda sintez qilishga muyassar bo'ldi. 50- yillarda oqsil sintezining ribosomalarda bajarilishi tasdiqlandi. Lekin informatsiyani DNK dan ribosomalarga ko'chiradigan vositachi (informatsion RNK) mavjud degan tushuncha faqat 1961 yilda F. Jakob va J- Mano tomonidan elon qilingan. RNK va DNK ning bioximiyasini tushunishda keyingi yillarda ajoyib muvaffakiyatlarga erishilgan, bu ma'lumotlar asosida organizmlar genini o'zgartirish, tuzatish, yangi genlar kompleksi, yani sun'iy yo'l bilan yangi organizmlarni yaratish davri ham ochildi. Nukleotidlar - nuklein kislotalarning struktura elementlari RNK ham DNK ham nukleotidlar deb ataladigan monomerlardan tuzilgan, shuning uchun nuklein kislotalarni polinukleotidlar deyiladi. Xar bir mononukleotid uchta ximiyaviy farqli komponentlar: anorganik fosfat, monosaxarid riboza yoki dezoksiriboza va azot asosi, purin yoki pirimidin asosidan tashkil topgan. DNK dezoksiribozamononukleotidlardan RNK ribozomononukleotidlardan tashkil topgan . Azot asoslaridagi farq faqat pirimidin asoslariga oid bo'lib, RNK tarkibiga u r a ts i l, DNK tarkibiga esa t i m i n kiradi. DNK irsiy belgilarni nasldan naslga o'tkazadi. RNKlar oqsil biosintezini amalga oshirishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 983.37 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 983.37 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga