Dars rejasi ishlanmasi Mavzu: Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish. Darsning maqsadi. Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari to'grisida o'quvchilarga bilim berish Ta'limiy maqsad; oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari to'g'risidagi bilimlarni o'quvchlarga o'rgatish Tarbiyaviy maqsad; o'quvchilarda oksidlovchi va qaytaruvchilar bilan ishlashni o'rgatish Rivojlantiruvchi maqsad; o'quvchilardagi oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari to'g'risidagi bilimlarni rivojlantirish Dars tipi; yangi mavzuni bayon qilish va dars davomida o'quvchilardan so'rab borish Dasr metodi; an'anaviy va noananviy metodlar Darsni borishi; dastlab o'quvchilar bilan salomlashashish tozalikni tekshirish hamda yo'qlama qilish. Asosiy qism: Barcha kimyoviy reaksiyalarni 2 turga bo'lish mumkin . Kimyoviy reaksiyalar Ularning birinchisiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o'zgarmaydigan reaksiyalar Masalan; CuO + H2SO4= CuSO4 + H2O Elementlarni oksidlanish darajalarini o'zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb ataladi. Masalan; 8Al + 30HNO3 → 8Al(NO 3)3 + 3N2 O + 15H2 O Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridagi asosiy tushuncha va qoidalar 1.Atom, molekula yoki ionning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi 2. Atom, molekula yoki ionning elektronlar biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. 3. Elektronlarini beradigan atom, molekula, ionlar qaytaruvchilar deyiladi.Misollar; Metallar, ko'mir, H2S, SO3 va boshqalar. 4. Elektronlarni biriktirib oladigan atom, molekula , ionlar oksidlovchilar deyiladi. Misollar ; Galogenlar, KMnO4, K2Cr2O7 , O2, O3 H2O2 va boshqalar. 5. Oksidlanish hamma vaqt qaytarilishi bilan birga sodir bo'ladi 6. Kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etayotgan oksidlovchi (atom, ion)larning olgan elektronlar soni qaytaruvchilarning bergan elektronlar soniga teng bo'lishi kerak. Atomlarning bergan yoki olgan elektronlar soni shu atomning oksidlanish darajasi deb ataladi. Agar element: 1 ta elektron bersa +1, olsa -1, 2 ta elektron bersa +2, olsa -2, 3 ta elektron bersa +3, olsa -3 oksidlanish darajalarini hosil qiladi. Savollar 1. Oksidlanish darajasi nima? 2. Kimyo tengalama deb nimaga aytiladi ? 3. Massaning saqlanish qonuning ta'rifi ? 4. Koeffisent nima? 5. Indeks nima? Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarining tenglamalari tuzulishi 2 xil usuli-elektronlar balans usuli va yarim reaksiyalar usuli qo'llaniladi. Elektronlar balans usuli- Bu usulda boshlang'ich va oxirgi moddalardagi atomlarning oksidlanish darajalari taqqoslanadi. Masalan; 10Fe+2 S+6 O4 -2 + 2K+ Mn+7 O4 -2 + 8H+2S+6 O-24 = 5Fe+32(S+6O-24)3 + K+12S+6 O-2 4 + 2Mn+2S+6O-24 + 8H+12 O-2 2Fe+2 --2e- Fe+3 2 5 qaytaruvchi- oksidlanish jarayoni Mn+7 +5e- Mn+2 5 2 oksidlovchi - qaytarilish jarayoni Yarim reaksiyalar usuli, yani elektronli usul Oksidlanish , qaytarilish reaksiyalari uchun ionli tenglamalar tuziladi va ular keyin birlashtiriladi 5H+2 S-2 +2e- = 5 So + 10H+ 2 Mn+7 O4 2- +16H+ +5e = 2 Mn+2 + 8H2O 5H+ 2S-2 + 2MnO4 2- + 16H+ = 5So +10H+ + 2Mn+2 + 8H2O 5H+ ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → zip, pptx
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: zip, pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → zip, pptx
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: zip, pptx