Oksikislotalar slayd taqdimot

Oksikislotalar slayd taqdimot

O'quvchilarga / Kimyo
Oksikislotalar slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Organik kimyo Mavzu: Oksikislotalar Reja: Tarkibida ham gidroqsil guruh, ham karboqsil guruh tutgan birikmalar gidroksikislotalar (oksikislotalar) deb ataladi. Boshqacha ayt-ganda ular spirt-kislotalardir. Gidroqsil va kar-boqsil guruhlarning bir-biriga nisbatan joyla-nishiga qarab gidroksikislotalar  -, -va  - ok-sikislotalarga bo'linadi. M-n: Oksikislotalardan sut kislotasi, olma kislotasi, vino kislotasi juda qadimdan ma'lum. Bu moddalar ham spirtlar, ham kislotalar kabi reaksiyaga kirishishlari bilan bir qatorda ularga fazoviy izomeriyaning bir turi-optik izomeriya xosdir. Vant-Goff va Le-Bellarning (1871) fikricha molekula tarkibida 4 xil guruh bilan birikkan uglerod (asimmetrik) atomi mavjud bo'lsa, u 2 xil optik izomerlar hosil qiladi. M-n, sut kislotasi shunday izomerlar hosil qiladi: Bu izomerlarni ko'zgu izomerlari deb ham aytiladi. Ular qutblangan nurni o'ngga(+) yoki chapga (-) bir xil burchakka buradi. Izomerlar soni molekula tarkibidagi asimmetrik atomlarining soni n bo'lganda N=2nga teng. Ular D va L qatorlarga bo'linadi.Bunda D va L harflar nisbiy konfiguratsiya qatorlarining ifodasidir. Bu qator o'nga buruvchi (+) va chapga buruvchi (-) glitserin al'degidlari tuzilishlariga nisbatan olingan qatordir. O'nga buruvchi glitserin al'degidining tuzilishi quyidagicha ko'rsatilgan va u D qatorning boshlovchisi deb belgilangan. Bu yerda D harfi o'nga buruvchi ma'nosini anglatsa ham, shu qatorga mansub optik faol birikmalar chapga buruvchi (-) bo'lishi mum-kin. Chapga buruvchi glitserin al'degidi (-) ning tuzilishi esa quyidagi shaklda ko'rsatilgan: va u L qatorning boshlovchisi deb belgilanagan. Bu yerda L harfi chapga buruvchi ma'nosini anglatsa ham, shu qatorga mansub optik faol birikmalar o'nga buruvchi (+) bo'lishi mumkin. Demak, D va L ifodalar nisbiy konfiguratsiya ifodalaridir. O'nga buruvchi (+) va chapga buruvchi (-) glitserin al'degidlarining tuzilish formulalarini rus olimi M.A.Rozanov taklif qilgan. Quyida formulalari keltirilgan sut kislotala- rining chapga buruvchisi (-) D qatorga, o'nga buruvchisi (+) L qatorga mansubdir. Optik faol birikmalarning absolyut konfiguratsiyasi ifodalarini (R, S) fanga Kan, Ingol'd va Preloglar kiritgan. Bu ifodalar soat strelkasi bo'yicha (R) yoki soat strelkasiga teskari (S) ma'nolarini anglatadi. Optik faol moddaning absolyut konfiguratsiyasining ifodasini aniqlash uchun asimmetrik uglerod atomiga birikkan atomlar yoki atomlar guruhi ularning atom massalari kamayib boruvchi tartibda joylanadi. Tetraedrga eng kichik atom massaga ega bo'lgan guruhga teskari tomondan qarab, atom massasi katta guruhdan atom massasi kichik guruhga tomon aylanma yuriladi. Bunda L(+) sut kislotasi absolyut konfiguratsiyasining ifodasi S, D(+) sut kislotasi absolyut konfi-guratsiyasining ifodasi R bo'ladi. Sut kislota tarkibidagi asimmetrik uglerod atomi bilan birikkan guruhlar atom massalarining kamayib borishi bo'yicha quyidagi qatorga joylashadi: -OH-COOHCH3H Sintetik usul bilan sut kislota olinganda o'ngga va chapga buruvchi kislotalarning teng miqdoridagi aralashmasi hosil bo'ladi. Bu aralashma ratsemat deb ataladi. Gidroksikislotalar galoidkislotalardan, oksokis-lotalardan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 430.09 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 430.09 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga