Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari

Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari

O'quvchilarga / Kimyo
Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari REJA: 1.Optik analiz metodlari. Eritmalar tomonidan yorug'likning yutilishi. 2.Fotoelektrokolorimetriyaning analitik kimyodagi o'rni. 3.Analizning boshqa fizikaviy metodlari Optik analiz usullari tekshirilayotgan moddaning optik ko'rsatkichlarini o'lchashga asoslangan. Tekshirilayotgan moddaning atom va molekulalariga ta'sir etuvchi elektromagnit nurlanish yutilishi, sochilishi va qaytishi mumkin. Ana shu o'zgarishlardal birortasi yordamida tekshirilayotgan moddaning tarkibi haqida xulosa chiqariladi. Qishloq xo'jaligi va biologiyaga taalluqli izlanishlarda optik analiz usullaridan biri kolorimetrik analiz keng qo'llaniladi. Turli obyektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi. Kolorimetrik analiz o'ta sezgirligi va analiz o'tkazish uchun kerakli vaqtning qisqaligi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Kolorimetrik analiz usulida aniqlanishi zarur bo'lgan komponent rangli birikmaga o'tkaziladn. Hosil bo'lgan rangning intensivligidan foydalanib aniqlanayotgan komponentnng miqdori to'g'risida xulosa qilinadi. Kolorimetrik analizda tekshirilayotgan va standart eritmalarga reaktivlar bir xil miqdorda, birin-ketin solinadi. Eritmalar rangini solishtirishda bir xil tipdagi idishlardap va bir xil tabiatli nurdan foydalaniladi. Standart eritma bilan tekshirilayotgan eritma ranglarini solishtirishning bir qancha usullari mavjud. Vizual usulda eritmalar rangi solishtiriladi. Eritmalarning rangini solishtirishda fotoelementdan ham foydalanish mumkin, bu usul fotokolorimetrik usul deb ataladi. Bunda elektr lampochkadan chiqayotgan nur tekshirilayotgan eritma orqali o'tib fotokolorimetrning fotoelementiga tushadi. Hosil bo'lgal elektr tokining kuchi yordamida eritma rangining intensivligi aniqlanadi. Fotometrik analiz usullarining eng oddiy ko'rinishlaridan biri kolorimetriyadir. Bu usuldan foydalanib turli biologik materiallar yoki metallarda qo'shimcha tarzda bo'ladigan juda oz miqdordagi elementlarni aniqlash mumkin. Elementlarning bu qadar oz miqdorlarini tortma va hajmiy analizning odatdagi usullari bilan amalda aniqlash mumkin emas, chunki ularning eritmadagi konseatrasiyalari etarli darajada bo'lishi uchun tegishli moddalardan'analizga juda ko'p miqdorda tortib olish kerak bo'ladi. Bunday hollarda kolorimetrik usuldan foydalanib juda tez va aniq natijalar olinadi. Kolorimetrik analizda aniqlanayotgan ionning eritmadagi rangli birikmasi hooil bo'lishi tufayli paydo bo'ladigan rangning intensivligiga (och-to'qligiga) asoslanib o'sha ionning miqdori haqida xulosa chiqariladi. Eritmaning rangi qancha intensiv (to'q) bo'lsa, ionning eritmadagi konsentrasiyasi shuncha yuqori bo'ladi yoki aksincha. Kolorimetrik analiz-rangli eritmada yorug'lik spektrining ko'rinish sohasida yotuvchi nurning yutilish darajasini o'lchashga asoslangan. Ko'pgina moddalarning eritmalari o'zi uchun xarakterli rangga ega, chunki ularning molekula yoki ionlari nurni tanlab yutadi Masalan, [Fe(SCN)]2+, [Cu(NH3)4]2+, Cu2+, Ni2+, Co2+, Fe3+, Cr3+ kabi kompleks va oddiy ionlari bo'lgan eritmalar o'zining xususiy rangiga ega. Ba'zi moddalar suvda erishi jarayonnida rang paydo bo'ladi. Ammo, ko'pchilik hollarda eritmani biror rangga kiritish uchun unga aniqlanadigan element ioni bilan kimyoviy reaksiyaga kirisha oladigan biror reaktiv qo'shishga to'g'ri keladi. Masalan, temir Fe3+ ionini kalorimetrik usulda aniqlashda eritmaga temir (II) ionlari bilan qizilqon rangli birikma, ya'ni Fe(SCN)3 temir (II) rodanid hocil qiladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 734.09 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 734.09 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga