Oqsillar slayd taqdimot

Oqsillar slayd taqdimot

O'quvchilarga / Kimyo
Oqsillar slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

OQSILLAR Oqsillar yuqori molekulali moddalar bo'lib, eng muhim biologik polimerlar hisoblanadi. Hujayraning o'sishi va rivojlanishi, ko'payishi, irsiy axborotning berilishi, hazm jarayonlari, qo'zg'aluvchanlik, muskullaraning qisqarishi, antigen va antitelalarning hosil bo'lishi shular jumlasidandir. Oqsil tabiatli bo'lgan birikmalar - fermentlar esa organizmdagi hamma jarayonlarni katalizatori hisoblanadi. Oqsillar tarkibi, strukturasi, funksiyasi va eruvchanligiga ko'ra klassifikatsiyalanadi: 1. Oddiy oqsillar (proteinlar) parchalanganda faqatgina aminokislotalar hosil bo'ladi. Albuminlar Globulinlar Glutelinlar Prolainlar va gliadinlar Gistonlar Prota'minlar skleroproteinlar 2. Murakkab oqsillar (proteidlar) tarkibida aminokislotalardan tashqari oqsil bo'lmagan moddalar (prostetik gruppa) bo'lishi mumkin: fosfoproteidda - fosfat kislota, glikoproteidda -uglevod, nukleoproteidda - nuklein kislota, xromoproteidda -pigment, lipoproteidda - lipid, flavoproteidda-FAD (flavinadenindinukleotid), metalloproteidda - metall . Strukturasiga ko'ra ular fibrilyar va globulyar oqsillarga ajratiladi: Fibrilyar oqsillar ipsimon ko'rinishga ega, ular suvda erimaydi. M.:Soch, suyak, tirnoq, shoh, pat va boshqalar. Globulyar oqsillarning ichki tomoni gidrofob, tashqi tomoni gidrofil bo'lganligi sababli suvda yaxshi eriydi va kolloid suspenziya hosil qiladi. M: gemoglobin, insulin va boshqalar. Funksiyasiga ko'ra oqsillar quyidagicha farqlanadi: 1. struktura oqsillari-kollagen, keratin va h.k. Soch, suyak, tirnoq, shoh, pat struktura oqsillariga kiradi. 2. katalitik oqsillar- lipaza, tripsin va boshqa oqsil tabiatiga ega bo'lgan biologik katalizatorlardir. Ular organizmda boradigan ximiyaviy reaksiyalarni amalga oshirishda qatnashadilar. 3.boshqaruvchi (gormon) oqsillar - insulin, glikokon, triotropin va boshqalar organizmda boradigan moddalar almashinuvini boshqarib turadi. M: insulin qondagi glyukoza miqdorini boshqarib turadi. 4. tashuvchi oqsillar - gemoglobin, mioglobin. Qonda, muskullarda O2 yoki SO2 ni tashiydi. 5. himoya oqsillari -antitelalar. Organizmga yot moddalar (antigen) tushganda ularni zararsizlantirishda ishtirok etadilar. 6. qisqaruvchi oqsillar -aktin, miozinning faoliyati tufayli muskullarning qisqarishi sodir bo'ladi. 7. zapas oziq modda oqsillari -tuxum albumini, sut kazeini misol bo'la oladi Aminokislotalarning klassifikatsiyasi I. Ochiq zanjirli (asiklik), alifatik aminokislotalar 1) Monoaminomonokarbon kislotalar - molekulada bitta -NH2 va bitta- SOON gruppa tutadilar. Serin (α -amino-β-oksi propionat kislota) - Ser, Ser Tsistein (α- amino-β-merkaptopropionat kislota) - Tsis, Cys Glitsin, (glikokol, α-amino-atsetat kislota) - Gli, Gly Alanin (α-amino - propionat kislota) - Ala, Ala Monoaminomonokarbon kislotalar Treonin (α -amino β -oksimoy kislota) Tre, Thr Metionin (α -amino-u-tiometil moy kislota) Met, Met Valin (α -aminovalerianat kislota) Val, Val Leytsin (α -aminokapronat kislota) - Ley, Leu Izoleytsin (α -amino- β-3-etil-3-metil propionat kislota) - Ile, Ile Monoaminodikarbon kislotalar - molekulada bitta NH2 va ikkita -SOON gruppalarni tutadilar. Aspartat kislota (α-amino qahrabo kislota) - Asp, Asp Glutamat kislota (α-aminoglutarat kislota) - Glu, Glu Asparagin (Aspartat kislota amidi) - Asp, Asn Glutamin (Glutamat kislota amidi) Gln, Gln Diaminokislotalar - molekulada bitta SOON va ikkita NH2 Lizin ( α, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.52 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.52 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga