Organik birikmalarning nomlanishi

Organik birikmalarning nomlanishi

O'quvchilarga / Kimyo
Organik birikmalarning nomlanishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Organik birikmalarning nomlanishi Reja: 1. Tarixiy nomenklatura. 2. Ratsional nomenklatura. 3. xalqaro ilmiy nomenklatura. Organik kimyoning keyingi taraqqiyoti tubdan yangi nazariya yaratishni taqazo etar edi. XIX asrning 60 yillariga kelib organik kimyoda katta boy materiallar to'plangan edi, nemis kimyog'arlari Kekule va Kolbelar shotlandiyalik olim Kuper bilan bir vaqtda uglerodning to'rt valentliligini, uning o'z-o'zi bilan, metall va metallmaslar bilan ochiq yoki yopiq zanjir hosil qilib birika olishligini, bunda u o'zining bir, ikki, yoki uch valentliligini sarflashini isbotladilar. Kuper kimyoviy birikmalardagi bog'lanishni chiziqcha bilan ifodalashni taklif etadi. IYUPAK nomenklaturasi bo'yicha struktura elementlari xarakteristik guruhlar deyiladi. Barcha organik moddalar uch xil nomenklatura bo'yicha nomlanadi: 1. Tarixiy nomenklatura. 2. Ratsional nomenklatura. 3. xalqaro ilmiy nomenklatura. Organik birikmalarni nomlashga doir dastlabki sodda ma'lumotlar 1012-1023 yillardayoq Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino tomonidan yozilgan Kitob al-qonun fit-tibb (―Tib qonunlari kitobi‖) da uchraydi. Ushbu asarda 811 sodda dorining nomi alifbo tartibida keltirilib, ularning dorivorlik xossalari ta'riflangan. Organik kimyoning dastlabki rivojlanish davrida organik birikmalar asosan olingan manbasiga, tashqi belgilariga qarab, masalan, chumoli aldegidi, vinospirti, limon kislotasi, oksalat kislotasi, glitsin, glitserin kabi nomlar tarixiy nomlardir. Tarixiy nomlardan so'ng XIX asrning birinchi yarmidan boshlab fan rivojlangan sari fikrlab, aqliy ratsional nomlash usullari ishlab chiqildi. Ratsional (latincha ratio aql, idrok, fikr so'zidan olingan) nomenklatura mezonlariga ko'ra barcha to'yingan uglevodorodlar metanning hosilalari deb, etilen qator uglevodorodlari etilenning hosilalari deb, barcha spirtlar metil spirtining hosilalari deb qaraladi. Uglevodorod molekulasidagi eng kam vodorod atomlari bilan (yoki eng ko'p uglerod atomlari bilan) bog'langan uglerod atomi metanning qoldig'I hisoblanadi va markaziy atom deb ataladi. Uglevodorodni nomlash uchun shu markaziy atom bilan bevosita bog'langan barcha uglevodorod radikallarining nomi oddiydan murakkabga qarab, oxiriga metan so'zi qo'shib aytiladi. Masalan, metilmetan CH3CH3, dimetilmetan CH3CH2CH3, dietilmetilmetan CH3CH2CH(CH3)CH2CH3, trimetilmetan (CH3)3CH, Dimetiletilmetan CH3CH2CH(CH3)2 kabi nomlar ratsional nomlardir. 1892-yilda Jeneva shahri (Shveysariya) da bo'lib o'tgan xalqaro kimyogarlar kongressida organik birikmalar nomenklaturasining yangi qoidalari tasdiqlandi. Ushbu qoidalar Jeneva nomenklaturasi yoki rasmiy nomenklatura deb nomlanadi. Jeneva nomenklaturasi bo'yicha mashhur Beylshteyn ma'lumotnomasi tuzilgan. F.F. Beylshteyn Beylshteyn Fyodor Fyodorovich 1838 yilda Sankt Peterburgda tug'ilgan, rus akademigi. 1870- yilda o'sha paytda ma'lum organik moddalar haqidagi ma'lumotlar asosida kitob yozishni boshlaydi, 1881- 1882 yillarda ikki tomli spravochnik (ma'lumotnoma) Germaniyada chop etiladi. 1892- 1899- yillarda ma'lumotnomaning uchinch anashri chop etiladi, 50 ming atrofida organik moddalar haqida ma'lumot keltirilgan. 1960 yilda organik moddalarning IUPAC (International Unionof Pure Applied Chemistry) yoki IYuPAK (sof va amaliy ximiya xalqaro ittifoqi) komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi nomenklaturasi e'lon qilindi. Bu nomenklaturada Jeneva ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 550.16 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 550.16 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga