Mavzu: Organik birikmalarning tasnifi Reja: 1.Оrgаnik birikmаlаr mоlеkulаlаrini tаsvirlаsh usullаri, mоlеkulyar, struktura vа elеktrоn fоrmulаlаr. 2.Uglеrоd skeleti tiplаri - аtsiklik, siklik vа gеtеrоsiklik birikmаlаr. Izоmеriya vа gоmоlоgiya. 3.Оrgаnik birikmаlаrning asosiy sinflаri vа funksiоnаl guruhlаri Kimyoviy tuzilish nazariyasi o'sha vaqtgacha to'plangan nazariy va tajriba materiallarini muayyan tizimga soldi. Tuzilish nazariyasi belgilangan xossalarga ega bo'lgan yangi organik birikmalarni oldindan aytib berish va ularni sintez qilish yo'llarini belgilab berdi. Organik kimyoning keyingi rivojlanishi tuzilish nazariyasining to'g'riligini isbotladi. Stereokimyoviy va kvant- kimyoviy tushunchalar bilan boyitilgan tuzilish nazariyasi hozirgacha organik kimyoning nazariy poydevori bo'lib kelmoqda. A.M.Butlerov tomonidan taklif etilgan tuzilish nazariyasi o'z davrining yetuk ilmiy xulosasi bo'lishi bilan birga organik molekulalardagi bir qator holatlarni izohlab berishga ojizlik qilar edi. Oddiy sharoitda metan, etan kabi uglevodorodlar gaz holatda bo'ladilar. Ulardagi bittadan vodorod atomi gidroksil yoki karboksil funksional guruhlariga almashinishi natijasida hosil bo'lgan metil spirti, etil spirti, sirka kislotasi, propion kislotasi kabi mahsulotlar suyuq holatda bo'lishi sabablarini izohlab bera olmas edi. Kimyoviy tuzilish nazariyasi rus olimlari A.M.Zaysev, V.V.Markovnikov, A.Y.Arbuzov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. 1874-yilda niderlandiyalik fizik Ya.Vant-Goff va undan mustaqil ravishda fransiyalik kimyogar J.Le Bel to'yingan uglerod atomining fazoviy tuzilishi - o'rinbosarlarning tetraedrik joylashuvi haqidagi farazni ilgari surdilar. Asimmetrik uglerod atomi va optik izomeriya (ko'zgu izomeriyasi) haqidagi tushuncha optik faol moddalar mavjudligini tushuntirish imkoniyatini berdi. Shunday qilib kimyo fanlari ichida yangi nazariy soha- stereokimyoga asos solindi. Organik moddalardagi kimyoviy bog'larni tushuntirish uchun 1916- yilda G.Lyuis va V.Kossel tomonidan noorganik moddalar uchun ishlab chiqilgan dublet-oktet prinsipi qo'llanilgan. Lyuisning izohlashicha molekula hosil bo'lishi uchun atomlar o'rtasida har ikkala atom uchun umumiy bo'lgan juft elektronlar mavjud bo'ladi. Natijada atomlar o'zaro tortishib molekulani hosil qiladi. Kosselning fikricha esa molekula hosil bo'lishi uchun musbat va manfiy zaryadga ega bo'lgan ionlar o'zaro tortishishlari evaziga molekula hosil bo'ladi. Shunday qilib, Lyuis kovalent bog'ni molekula hosil bo'lishini, Kossel esa ion bog'i molekula hosil bo'lishini nazariy jihatdan asoslab berdilar. 1919- yilda I.Lengmyur kovalent bog' tushunchasini fanga kiritdi. Kovalent bog'dagi elektronlar ikkala atom uchun umumiy, shu bilan birgalikda tegishli atomning dubleti yoki okteti tarkibiga ham kiradi. Elektronlar nuqtalar bilan ifodalangan formulalar Lyuis formulalari deyiladi. Organik birikmalarni xilma-xilligini hisobga olib, ularni o'rganishni osonlashtirish uchun sinflash va nomlash yo'lga qo'yilgan. Sinflash va nomlashning asosiy vazifasi organik birikmalarni bo'limlarga ajratish va ularni nomlashdan iborat. Organik birikmalarni sinflash va nomlashda mavjud nomenklatura va sinflash tizimi o'zaro muvoflq kelishi zarur Tuzilish nazariyasi organik birikmalarni sinflashda asos bo'lib xizmat qildi. Organik birikmalar ma'lum struktura birliklari (elementlari) va molekuladagi atomlarning joylanish tartibi bo'yicha sinflash ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
181.16 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
181.16 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: pptx