1.Permanganatometriya metodining mohiyati 2.Yodometriya metodining mohiyati. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni redoksimetriya metodlari asosida aniqlash 3.Ish uchun kerakli eritmalar Permanganatometriya- ishchi eritmasi sifatida kaliy permanganat KMnO4 ishlatiladigan hajmiy analiz metodi Kaliy permanganat ayniqsa kislotali muhitda, kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Sharoitga qarab KMnO4 qaytarilganda turli oxirgi mahsulotlar hosil bo'ladi. Kislotali muhitda MnO-4 ionlari rangsiz Mn2+ ionlarigacha qaytariladi; MnO4- + 5e- +8H+ → Mn2+ + 4H2O Kuchsiz kislotali, neytral va ishqoriy muhitda MnO4- ionlari marganes IV birikmalarigacha qaytariladi, marganes dioksid MnO2 ning to'q jigarrang cho'kmasini hosil qiladi: MnO4-+ 4H++3e- → MnO2↓ + 2 H2O Kislotali muhit hosil qilish uchun faqat sulfat kislota ishlatiladi. Xlorid kislotani ishlatib bo'lmaydi, chunki u kaliy permanganat bilan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga kirishadi va bunga qo'shimcha miqdorda ishchi eritma sarf bo'lgan, tabiiyki titrlash natijasi to'g'ri kelmaydi. Oksidlovchi bo'lgan nitrat kislota oksidimetriya metodlarida kislotali muhit hosil qilishga ishlatilmaydi. MnO4- ionlari KMnO4 eritmalariga malina rang beradi, titrlash mobaynida eritma rangsizlanadi. Eritmada qaytaruvchi qolmagan vaqtda qo'shilgan 1 tomchi KMnO4 dan titrlanayotgan aralashma pushti rangga kiradi. Shunday qilib, ekvivalent nuqta ishchi eritmaning o'zi bilan aniqlanadi va bu metodda indikator ishlatilmaydi. KMnO4 ning titrini aniqlashga boshlang'ich modda bo'lib oksalat kislotasi H2C2O4·2H2O xizmat qiladi. Titrlashda reaksiya quyidagicha ketadi. 2KMnO4 + 3H2SO4+5 H2C2O4 = 2MnSO4+K2SO4+10CO2+ 8H2O C2O42- - 2e- →2CO2 5 MnO4- + 8H+ +5e- → Mn2+ + 4H2O 2 Permanganatometriya ko'pincha temir (II), kalsiy (oksalat holida) tuzlarini, oksalat kislotasini, mis (I) ni vodorod peroksidni analiz qilishda ishlatiladi. Permanganatometriya metodi oksidlovchilarni aniqlashda ham qo'llanilishi mumkin. Bu holda aniqlanayotgan moddaga ma'lum miqdorda ortiqcha, aniq o'lchab olingan qaytaruvchi eritmasini qo'shib teskari titrlash qo'llaniladi. Yodometriya - deb asosida J2 + 2e- → 2J- 2J- -2e- → J2 reaksiyalar yotuvchi hajmiy analizning metodiga aytiladi. 1. Oksidlovchilarni aniqlash. Yodometriya metodi bilan J- ni erkin J2 gacha to'liq oksidlaydigan oksidlovchilarni aniqlash mumkin. Ko'pincha permanganatlarni, bixromatlarni, mis (II)-tuzlarini, temir (II)- tuzlarini, erkin galogenlar va boshqalar aniqlanadi. Oksidlovchi kislotali muhitda ortiqcha kaliy yodid KJ bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda oksidlovchi miqdoriga ekvivalent miqdorda yod ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan yod normalligi aniq bo'lgan natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi. Ko'pchilik oksidlovchilarni natriy tiosulfat bilan bevosita titrlab bo'lmaydi, chunki ekvivalent nuqtasini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun yodometriya metodi bilan oksidlovchilarni aniqlash uchun boshqa metod - o'rinbosarini titrlash metodi qo'llaniladi. Avval kislotali muhitda oksidlovchi bilan kaliy yodid o'rtasida reaksiya o'tkaziladi. Kislotali muhitga keltirish uchun sulfat yoki xlorid kislota ishlatiladi. Reaksiya: K2Cr2O7 + 6KJ +7H2SO4 = Cr2(SO4)3 + 7H2O + K2SO4 +3J2 Cr2O72- + 14H+ +6e- → 2Cr3+ + 7H2O 2J- - 2e- → ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: ppt