O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI, O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI GYeOLOGIYa fakultetI Pikrit atamasi yunonchadan olingan bo'lib(taxir degan manoni anglatadi) bunga magniyning ko'pliligi sababli - magniy sulfati - achchiq tuz. 1866-yil G.Chermak «pikrit» nomli o'ta asosli vulkanik jinsni Sharqiy Moraviyada aniqladi, Pikritlar (SiO2=30-44%,MgO=20-37%, K2O+Na2O=0-1%) o'ta asosli vulkanik yoki gipabisal (yer yuziga yaqin) sharoitda hosil bo'lgan tog' jinsi. Pikritlarning tashqi ko'rinishi ko'pincha porfir va porfirsimon tuzilishga ega, yani uni tashkil qilgan olivin, piroksen ajralmalari va asosiy shishasimon massada amfibol, apatit, flogopitlar uchrab turadi. Porfir va porfirsimon tuzilish bu jinslarning yer yuzasida yoki nisbatan kichik chuqurlikda hosil bolganidan dalolat beradi. Minerologik tarkibi Ol,avgit, titanoavgit, rogavaya obmanka, asosli Pl, apatit,flogopit,,biotit uchraydi. Pikritlarning jins hosil qiluvchi minerallari o'ziga xos xususiyatga ega.Olivin (Fo80-85 ),asosan magniyga boy,yaxshibir sillva daykalar shakllangan forsterit minerallarini hosil qiladi (0.5-1sm),bazi bir sill va daykalarda Olivinning kattaligi 8-10 sm ga etishi mumkin Ortopiroksenlar bu jinslar tarkibida kam uchraydi. Olivin va piroksen kristallarining oralig'i serpintinlashgan,xloridlashgan shishasimon massadan iborat. Bu massa jins xajminni 70% ni tashkil etadi va kristallangan plagioklaz,amfibol, magnititdan tashkil topganligi ko'rinadi.Bulardan tashqari 2% gacha Bi uchraydi. Aksessor mineral sifatida magnetit titanomagnetit, xromshpinelid, petlandit, xalqoperit,apatit uchraydi Normal pikritlarni kimyoviy xususiyatlari A-S diagrammasida ko'rsatilgan (3.26-rasm). Bu rasmda pikritlar qatori alohida, yaxlit maydon hosil qiladi va ularni xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, Si02 ni miqdoran tanqisligi (39-43 %) va shu jihatdan ular peridotitlarga ancha yaqin turadi. Al2O3 boshqa plutonik ultramafitlarga nisbatan ko'pligi (2-3 marta) va temirga boyligi, ayniqsa, dunit va olivinitlarga nisbatan; uchinchidan, magniy va kaisiyning ko'pligi (MgO-CaO=29-34 %). Bu kimyoviy xususiyatlar pikritlaming mineralogik tarkibi bilan tasdiqlanadi. Masa- lan, ulardagi Si02 ning tanqisligi - kvarsning uchramasligi, Al2O3 ko'pligi esa - plagioklazning paydo bo'lishi bilan aniqlanadi . Normal pikritlarning kimyoviy tarkibi Melilit-piroksenli pikritlar Olivin (Fa-15) - 35-50 %, klinopiroksen - 20-50 % (titanavgit, diopsid) kabi fenokristallardan tashkil topgan. Ularing chegaralari goho erigan bo'lib, bir-birlari bilan glomerporfir (qovushgan, yopishgan) kristallar hosil qiladilar. Tog' jinslarining asosiy shishasimon massasi qora yoki yashil shishadan, klinopiroksen va melilit(10-15 %)dan iborat. Bulardan tashqari, olivin va magnetitning mayda donalari ham uchraydi. Tog' jinsining kristallanish jarayoni olivindan, so'ngra piroksendan boshlanadi va melilitning paydo bo'lishi bilan yakunlanadi.avtometomorfizm jarayonida oddiy ishqorli pikritlar hosil bo'ladi. Biotit-piroksenli pikrit. Pikritlarning bu turi ishqorli pikritlar oilasiga malum darajada shartli ravishda kiritilgan. Ularni tarkibida slyudalar miqdori 10 %dan ortiq, melilit va feldshpatoidlar uchraydi. Tarkibi, asosan, olivin (3-50 %), klinopiroksen (10-15 %) Va bio- titdan (5-15 %) iborat. Goho bular qatoriga qo'ng'ir rogovaya obmanka va kersutit qo'shiladi. Ikkinchi darajali minerallar titanomagnitit, ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
10.09 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
10.09 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: ppt