Polimer materiallari va ularning turlari

Polimer materiallari va ularning turlari

O'quvchilarga / Kimyo
Polimer materiallari va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

Polimer materiallari va ularning turlari mavzusini o'qitish metodikasi mavzusidagi taqdimoti Reja: 1. Umumiy o'rta ta'lim maktablari texnologiya faniga yangi kiritilgan Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi bo'limi to'g'risida umumiy ma'lumot. 2. Polimer materiallari turlari va tuzilishi. 3. Plastmassa turlari va ularni qo'llanilishi. Tayanch iboralar: texnologiya, davlat ta'lim standarti, o'quv dasturi, polimer, plastmassa, preslash, ekstruziya, qoliplash, payvandlash, polimerlash, polikondensatsiya, termoplastik va termoreaktiv polimerlar, lok va bo'yoqlar, kauchuk, rezina, to'ldirgich, plastifikator. Umumiy o'rta ta'lim maktablari texnologiya faniga yangi kiritilgan Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi bo'limi to'g'risida umumiy ma'lumot O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich - maktab ta'limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta'minlash zarur. Bu yo'lda hech narsani ayamaymiz. ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish kerakligini bejizga takidlamaganlar. Bu esa o'quvchilarni aynan texnologiya fani darslarida texnik ijodkorlik qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida metall va metallmas materiallarga ishlov berish usullarini o'rgatish orqali kasb-hunarga yo'naltirishni ko'zda tutilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risidagi 187-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Texnologiya fanidan o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan davlat ta'lim standarti va Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 3 iyundagi Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarlari talablari asosida takomillashtirilgan o'quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to'g'risidagi 190-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan Texnologiya fani o'quv dasturiga 5-7 sinf Texnologiya va dizayn yo'nalishiga Polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi bo'limi yangidan kiritildi. 5-sinfda Texnologiya va dizayn yo'nalishiga Polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi bo'limi bo'yicha 6 soat ajratilgan bo'lib, polimer materiallar to'g'risida ma'lumot (polimerlash, shtamplash, presslash); polimer materiallardan buyumlar tayyorlash texnologiyasi (sovundon yasash); polimer materiallardan uy-ro'zg'or buyumlarni tayyorlash (gul tuvak yasash) mavzulari kiritilgan. 6-sinfda Texnologiya va dizayn yo'nalishiga Polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi bo'limi bo'yicha 6 soat ajratilgan bo'lib, plastmassa va uning turlari (rezinalar, to'ldirgichlar va plastifikatorlar); polimerlardan buyumlar tayyorlash usullari, gul tayyorlashni texnologik xaritasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari, polimerdan uy-ro'zg'or, turmush, maktabda foydalaniladigan buyumlar tayyorlash, meva uchun taxtakach tayyorlash mavzulari kiritilgan. 7-sinfda Texnologiya va dizayn yo'nalishiga Polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi bo'limi bo'yicha 6 soat ajratilgan bo'lib, polimerlar va metallarning birikmalaridan hosil bo'lgan konstruksiyalar; kauchuklardan buyumlar tayyorlash texnologiyasi; polimerlar va metall birikmalardan buyumlar tayyorlash (xokondoz yasash uchun eskiz chizish, texnologik xarita tayyorlash, xom ashyoga eskizni tushirish, qirqish, elimlash, pardozlash, ishni yakunlash, ish o'rnini yig'ishtirish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish) mavzulari kiritilgan. 2. Polimer materiallari turlari va tuzilishi Tarixda malum davrlarni tosh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 509.53 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 509.53 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga