Polimerlar kimyosi fani va uning rivojlanish tarixi

Polimerlar kimyosi fani va uning rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Kimyo
Polimerlar kimyosi fani va uning rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Polimerlar kimyosi fani va uning rivojlanish tarixi. Har qanday fan kabi polimeriar kimyosining ham o'z tili, atamalari bor. Poli- ko'p, meros- o'lcham demakdir. Polimerlarning molekulyar massasi juda katta, ulkan bo'ladi. Ularning aniq ilmiy nomi- yuqori molekulali birikmalar (YuMB) bo'lib, qisqaroq polimer deb ataluvchi nomi fan, texnika va hayotda ko'p qo'llaniladi. Polimerlarning molekulasi juda katta molekulyar massaga ega bo'lganligi uchun makromolekula deb ataladi. Polimerlar deb- makromolekulasi zanjirsimon tuzilishga ega bo'lib, ko'p marta qaytariluvchi atomlar guruh (bog'in)laridan tashkil topgan, kovalent bog' asosida birikkan uzun zanjirli yuqori molekulyar birikmalarga aytiladi. Tabiiy kauchuk Kraxmal Polimerlarning ayrim turlari Sellyuloza Oqsillar Polimerlar monomer deb ataluvchi quyi molekulali moddalardan sintez qilib olinadi. Polimer makromolekulasining tarkibiga kirgan va uning ko'p marta qaytariluvchi atomlar guruhini tashkil qilgan bo'g'ini- monomer yoki oddiy bo'g'in deb ataladi. Bo'g'inning kimyoviy brutto formulasi monomernikiga teng. Makromolekuladagi bo'g'inlar soni makromolekulaning nechta monomerini kimyoviy bog'lab sintez qilinganligini bildiradi, shuning uchun makromolekulalarning bo'g'inlar soni n polimerlanish darajasi deyiladi. Polimerlar kimyosi fanining rivojlanishi uzoq tarixga ega bo'lib, qadimdan insonlar tabiiy polimerlardan foydalanib kelishgan. Masalan tabiiy kauchuk, kraxmal, sellyuloza, oqsillar va har xil bo'yoqlar, anorganik polimerlardan esa kremniyli polimerlardan keng foydalanishgan. . Polimerlarning xossalarini, xususan eritmalarini o 'rganish bunday moddalar molekulalari va zarrachalarining tuzilishi to'g 'risidagi turli bahslarga asos bo'ldi. Nemis kimyogari Shtaudinger Enter German (1881-1965 y.) ko'p marta qaytariladigan guruhlardan tashkil topgan makromolekulalar mavjudligi haqidagi postulatni ilgari surdi. POLIMERLARNING KIMYOVIY TUZILISHI Polimer materiallar, jismlar va moddalarning xossalari ularni tashkil etgan makromolekulalarning eng asosiy xarakteristikasi ikkita, ya'ni kimyoviy tuzilishi (tabiati va tarkibi) va kattaligi(molekulyar massasi)dir. Ana shu o'lchamning xususiyatlari va imkoniyatlari jihatidan ham polimerlar oddiy moddalardan ancha farq qiladi. Polimerlarning tuzilishi shunchalik xilma-xilki, ularning bu xususiyatlarini kimyoviy belgilariga qarab sinflarga bo'lmasdan tushunib olish qiyin. Agar zanjirda L- va D- shakllar almashinib kelsa (L-, D-, L-, D-) bunday makromolekula sindiotaktik deyiladi E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 139.11 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 139.11 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga