Qora va rangli metall qotishmalari slayd taqdimot

Qora va rangli metall qotishmalari slayd taqdimot

O'quvchilarga / Kimyo
Qora va rangli metall qotishmalari slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Qora va rangli metall qotishmalari Reja: Qora va rangli metall qotishmalarining tasnifi. O'zbekistonda mavjud qora va rangli metall rudalari. Olmaliq va Navoiy kon metallurgiya kombinatlari, Bekoboddagi O'zbekistonmetallurgiya kombinati va boshqa zamonaviy korxonalarning O'zbekistonni rivojlantirishdagi roli va istiqbollari. Hozirda dunyo bo'yicha ishlab chiqarilayotgan metallarning 94% ga yaqini qora metallarga, qolgani rangli metallarga to'g'ri keladi. Barcha metall va qotishmalarni ikki guruhga bo'lish mumkin. Temir va uning qotishmalari asosidagi (po'lat, cho'yan) - qora metallar, qolgan barcha metall va qotishmalar (Ve, Mg, Al, Ti, V, Cr, Mn, Co, Ni, Cu, Zn, Zr, Nb, Mo, Ag, Sn, W, Au, Hg, Pb va b.) - rangli metallar deb nomlanadi. Rangli metallar o'z xossalariga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: - yengil metallar (Be, Mg, Al, Ti); - oson eriydigan metallar (Zn, Cd, Sn, Sb, Hg, Pb, Bi); - qiyin eriydigan metallar (erish temperaturasi temirnikidan yuqori bo'lgan, ˃1539 oS) (Ti, Cr, Zr, Nb, Mo, W, V va b.); - nodir metallar (Ph, Pd, Ag, Os, Pt, Au va b.); - radiaktiv metallar (U, Th, Pa). Shuni aytish joizki, keyingi yillarda reaktiv, atom texnikasi va boshqa cohalarning yaratilishi va rivojlanishi natijasida agressiv muhitda, yuqori bosim va temperaturalarda ishlovchi, deyarli yuqori darajali puxta, korroziya bardoshlikka va plastiklikka ega bo'lgan metall qotishmalarga ehtiyoj orta bordi. Rux rudalari Kadmiy Davomi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining (NKMK) ko'p yillarga mo'ljallangan ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati mineral-xom ashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, ishlab chiqarilayotgan yuqori likvidli mahsulot hajmlarini oshirish va ishlab chiqarishning yangi turlarini jadal rivojlantirish yo'li bilan O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy potensiali va ijtimoiy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan. Oltin va uran NKMK ning sanoat korxonasi sifatida butun faoliyati qurilgan asosni tashkil etadi. Bundan tashqari kombinat tomonidan fosforitlar, osh tuzi, sirt qoplash toshlari (gabbro, granit, marmar), qurilish va quymachilik ishlab chiqarishida ishlatiladigan qum, ohaktosh konlari o'zlashtirilmoqda. Ko'p tarmoqli kon-qayta ishlash korxonasi bo'lishiga qaramasdan, kombinat O'zbekistonning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga xizmat qiladigan oltin ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratmoqda. NKMK tarkibiga beshta asosiy kon-metallurgiya korxonalari (ularning negizida Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod, Zafarobod shaharlari qurilgan), Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasi va Zarafshon qurilish boshqarmasi kiradi, ularning ta'sir zonasi Respublikaning to'rtta viloyatini qamrab olgan. Barcha sanab o'tilgan shaharlar kombinat balansida bo'lib, bir-birlari bilan temir yo'l va avtomobil yo'llari, Respublikaning yagona energotizimiga ulangan elektr uzatish liniyalari bilan bog'langan bo'lib, markazlashtirilgan issiqlik va suv ta'minotini o'z ichiga oladigan avtonom tizimlar, ijtimoiy obyektlarga ega. NMZ ICHB mahsulotlari - Modelli tokarlik-vint qirqish stanogi 1M63N - Ikkitomonlama charxlash-silliqlash modelli stanogi - 3H340 - Maxsus stolli-parmalash modelli stanogi - 21H16 va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.97 MB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.97 MB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga