Quvur ichidagi diafragmaning sarf koeffisentini aniqlash Ishning maqsadi: Normal diafragmaning sarf koeffitsientini tajriba yo'li bilan topish va uning Reynolds soniga bog'likligini o'rganish. Tajriba qurilmasi Tajriba qurilmasi asosan 1-umumiy havo quvuridan va uning ustiga vertikal holda o'rnatilgan 57x3,5 mm diametrli 2-quvurdan iborat. Ventilyator bilan yuborilgan havo 1-gorizontal quvur orqali 2-vertikal quvurga keladi. Bu quvurda havo sarfini nazorat qilib turuvchi ventil 3, sarfini o'lchash uchun normal diafragma 5, hamda ular oralig'idagi havo oqimini barqarorlashtirib turish uchun taqsimlovchi panjara 4-o'rnatilgan. Nazariy qism Sanoatda suyuqlik va gazlarning sarfini o'lchashda asosan toraytiruvchi (drossel) sarf o'lchagichlar ishlatiladi. Ularga o'lchagich diafragma, soplo va Venturi quvurlari kiradi. Toraytiruvchi sarf o'lchagichlarning ishlashi ular o'rnatilgan joyda quvur kesimining torayishi natijasida yuzaga keladigan bosimlar farqini o'lchashga asoslangan. Oqim sun'iy toraytirilganda, shu toraygan joyda tezlik va shunga mos ravishda oqimning kinetik energiyasi oshadi va bosimning potensial energiyasi kamayadi. Shunga asoslanib differensial manometr yordamida toraygan kesimdagi va undan oldingi bosimlar farqini o'lchab, tezlikning o'zgarishini, undan esa oqayotgan modda sarfini aniqlash mumkin. Diafragma o'rtasida aylana shaklidagi teshigi bo'lgan yupqa diskdan iborat. Kuvurning ichida o'rnatilganda diafragma teshigining markazi quvur o'qi bilan mos tushishi kerak. O'lchagich soplo diafragmaga o'xshash bo'lsada suyuqlik oqadigan qism i oqim yo'nalishi bo'yicha qaytarilgan bo'lib silindr hosil qilgan. Suyuqlik kiradigan qism silliqlangan bo'ladi. Venturi trubasi dastlab ravon toraygan va yana oldingi o'lchamigacha asta-sekin kengaygan quvur bo'lib uzunligi anchagacha bo'lishi mumkin. Venturi quvurida yo'qotilgan bosimning qiymati diafragma va soploga nisbatan ancha kichik. Toraytiruvchi sarf o'lchagich yordamida sarf yoki tezlikni o'lchash Bernulli tenglamasini qo'llashga asoslanadi. Ideal suyuqliklar uchun bu tenglama qo'yidagicha yoziladi: (1) Tenglamadagi kattalik to'liq gidrodinamik napor deyiladi. Bernulli tenglamasidagi har bir hadning energetik hamda fizik ma'nolari bor: -geometrik napor yoki nivelir balandlik bo'lib, holatning berilgan nuqtadagi (kesimdagi) solishtirma potensial energiyasini ifodalaydi; - statik yoki p'ezometrik napor deyiladi va berilgan nuqtada (kesimda) bosimning solishtirma potensial energiyasini ifodalaydi. - dinamik yoki tezlik napori deyiladi va berilgan nuqtadagi (kesimdagi) solishtirma kinetik energiyani xarakterlaydi. Ishni bajarish tartibi Ventilyator qo'shilib qurilmaga havo yuboriladi. Havoning sarfi (tezligi) 5-diafragma bilan o'lchanadi va 3-ventil bilan o'zgartirib turiladi. Dastlab 3-ventil ozroq ochiladi va havoning tezligi (6-difmanometr yordamida) hamda 8-difmanometrning ko'rsatishi daftarga qayd qilinadi. Keyingi tajribalarda tezlik oshirilib boriladi va o'lchashlar takrorlanadi. Ettinchi diafragmaning birinchi diski tekshirib bo'lingandan keyin echib olinadi va o'rniga boshqasi o'rnatiladi. Kamida uchta diafragmaning sarf koeffitsienti aniqlanadi. Har bir diafragma uchun o'lchashlar 5-6 marta takrorlanadi. Tekshirilayotgan diafragmalarning diametri ham jadvalga yoziladi. Tajriba tugagandan keyin ventilyator o'chiriladi. Tajriba qurilmasi: 1-umumiy havo quvuri; 2-tajriba o'tkaзiladigan quvur; 3-ventil; 4-taqsimlovchi panjara; 5-sarfni ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
168.36 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
168.36 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: pptx