Rangli metallurgiya slayd taqdimot

Rangli metallurgiya slayd taqdimot

O'quvchilarga / Kimyo
Rangli metallurgiya slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Rangli metallurgiya Rangli metallurgiya: a) rangli metall rudalarini qazib chiqarish; b) boyitish; d) eritish; e) qotishmalar ishlab chiqarishni o'zida birlashtiradi. Rangli metallurgiya mamlakatni elektrlashtirish, uning mudofaa qudratini mustahkamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik, raketasozlikni rivojlantirish, umuman, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir. Rangli metallarning guruhlarga bo'linishi. Rangli metallar bir qancha guruhlarga bo'linadi. Bu bo'linish asosida rangli metallurgiya - og'ir metallar metallurgiyasi, yengil metallar metallurgiyasi va boshqalarga bo'linadi. Ilgari O'zbekistonda faqat qimmatbaho metallar qazib chiqarilgan. Endilikda og'ir metallarni ham, qiyin eruvchi metallarni ham ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ularni olishda juda ko'p elektr energiyasi sarflanadi. Bunday ishlab chiqarishlar ko'p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deyiladi. Mamlakatimizda oltin, mis, qo'rg'oshin, rux, volfram, molibden va boshqa rangli metall rudalarining zaxirasi ko'p. Faqat mis konlarining o'zi 15 tadan ortadi. Angren-Olmaliq kon sanoati rayoni mamlakatimiz rangli metallurgiya sanoatida alohida ahamiyatga ega. Mis rudasi tarkibida molibden, oltin, kumush kabilar birga uchraydi. Bu yerda mis eritish zavodi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab turibdi. Kombinat Qalmoqqirkon, Qo'rg'oshinkon konlari, qo'rg'oshin-rux boyitish fabrikasi, elektr stansiyasi va bir qancha yordamchi korxonalardan iborat (38-rasm). Konchilarning obod shahri - Olmaliq kon o'zlashtirilishi jarayonida barpo bo'lgan. Aluminiy ishlab chiqarish Boyitish fabrikasi - rudaning keraksiz qo'shilmalarini chiqarib tashlash yoki yangi moddalar qo'shish yo'li bilan foydali sifatlarini orttiruvchi korxona. Rangli metallurgiyaning mahsulotlari - volfram va molibden ishlab chiqarish tez rivojlanmoqda. Volframning erish harorati juda yuqori (3370°C). Yuqori haroratli pеchlarning qizdiradigan elеmеntlari va elеktr lampochkaning qiziydigan simlari volframdan yasaladi. Chirchiq shahridagi qiyin eriydigan qattiq qotishmalar zavodi mamlakatdagi nihoyatda muhim korxonalardan hisoblanadi. Bu korxona mahsulotidan elektrotexnika, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi. Rangli metallar qimmatli xususiyatlarga ega. Ularning ba'zilari (qalayi, qo'rg'oshin, nikel) zanglash (korroziya)ga chidamli, boshqalari (titan, volfram) issiqqa bardoshli yoki elektr tokini yaxshi o'tkazadi (aluminiy, mis, kumush, oltin). Ohangaron ko'mir havzasida aluminiy xomashyosi - kaolin gilining ulkan zaxirasi mavjud. O'rta Chirchiq plavik shpat kombinatida esa aluminiyni elektroliz usulida olishda ishlatiladigan plavik shpat tayyorlanadi. Oltin - noyob metall. U yer ostida ham, namlikda ham o'z xususiyatini yo'qotmaydi. Ammo uni izlab topish va tog' jinslaridan ajratib olish juda ko'p mehnat, mablag' talab etadi. Oltin siz bilgan zargarlikdan tashqari elektronika, kompyuter ishlab chiqarishda, kosmik kemalarda, atom reaktorlarida ko'p qo'llaniladi. Bitta atom reaktorining ichki devori 16 kg oltin bilan qoplanadi. Samarqand bilan Buxoro oralig'idagi tog'lardan ikki ming yil burun ham oltin qazib olingan. X-XII asrlarda kon sanoati o'z zamonasiga xos yuksak rivojlangan. XIX asrda Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgach, mavjud konlarni xaritalarga tushirdi. Oltin qidiruv ishlarini barcha joylarda kuchaytirdi. XX asr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.79 MB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.79 MB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga