Rаdikаl pоlimerlаnish reаksiyalаri Reja: 1-reja: 2-reja: 3-reja Radikal polimerlanishning hosil bo'lish usullari Radikal polimerlanish reaksiyalari Radikal polimerlanishning asosiy bosqichlari Hozirgi vaqtda dunyo miqiyosida polimerlarning ¾ qismi radikal polimerlanish reaksiyasi asosida olinmoqda. Bu usul bilan PE, PVX va PS lar olinadi. Bu usulning sanoatda keng ishlatilishi quyidagilar bilan tushuntiriladi: Ionli polimerlanish uchun xarakterli bo'lgan muhitga va aralashmalarga nisbatan sezgirlik bu usulda juda kichik; Ba'zi monomerlarning tanlab ta'sir etuvchanligi ya'ni ularning erkin radikallar ta'sirida polimerlanish xususiyati (vinilxlorid, vinilasetat). Monomerlar. Erkin radikallar ta'sirida polimerlanadigan monomerlar: CH2 = CHX (X = H, galogenlar, - COOH, - COOR, - OCOR, - CONH2, - C6H5) CH2 = CX2 (X = galogen, qutbli guruh) CH2 = CXY (Y - boshqa qutbli guruh) Radikal polimerlanishda har bir makromolekulaning hosil bo'lishi jarayoni initsirlash bilan boshlanadi. Initsirlash turli xil usullar bilan amalga oshiriladi: Erkin radikallarga parchalanadigan beqaror birikmalar ya'ni initsiatorlar ishlatilishi; Qo'shiladigan Initsiatorning miqdori monomer massasining 0,1 - 1% ini tashkil etadi. Initsiator sifatida labil bog'larga O - O, N - N, S - S, C - S, N - S ega bo'lgan birikmalar ishlatiladi. Termik polimerlanish (qizdirilganda metilmetakrilat o'z - o'zidan polimerlanadi); Fotokimyoviy polimerlanish (yorug'lik va UB nurlar ta'sirida initsirlanish); Radiatsion polimerlanish (α-zarrachalar, γ - nurlar, rentgen nurlari va tezlashtirilgan elektronlar bilan initsiatorlar hosil bo'ladi); Telomerizasiyalanish: Eng muhimi Initsiatorlar ishtirokidagi radikal polimerlanish reaksiyalaridir. Initsiator sifatida benzoil peroksid, vodorod peroksid, persulfatlar, gidroperoksidlar ishlatiladi. Benzoil peroksid juda beqaror bo'lib, u erkin radikallarga oson parchalanadi: Radikal polimerlanishning borishi harorat, konsentratsiya va monomer hamda Initsiatorlarlarning tabiatiga va tozalik darajasiga bog'liq. Polimerlanish darajasi haroratning pasayishi, radikallar konsentratsiyalarining kamayishi va monomer konsentratsiyasining ortishi bilan oshadi. Umumiy holda: Initsirlash (tashabbuskorlash): ko'sish - zanjir o'sishi reaksiyasi konstantasi kparchalanish va ki - Initsiatorning parchalanish va initsirlanish reaksiyalarining tezlik konstantalari Zanjirning o'sishi: Zanjirning uzilishi: kuzilish - zanjirning uzilish reaksiyasining tezlik konstantasi. Ikkita radikal o'zaro ta'sirlashganida ularning rekombinasiyasi yoki disproporsionirlanishi sodir bo'lishi ham mumkin: Rahmat! E'tiboringiz uchun ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
876.85 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
876.85 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: pptx