S, p, d, f - elementlarning atom tuzilishidagi o'ziga xoslik. Gaz qonunlari, modda miqdori, ekvivalent massalari

S, p, d, f - elementlarning atom tuzilishidagi o'ziga xoslik. Gaz qonunlari, modda miqdori, ekvivalent massalari

O'quvchilarga / Kimyo
S, p, d, f - elementlarning atom tuzilishidagi o'ziga xoslik. Gaz qonunlari, modda miqdori, ekvivalent massalari - rasmi

Material tavsifi

S, p, d, f-elementlarning atom tuzilishidagi o'ziga xoslik. Gaz qonunlari, modda miqdori, ekvivalent massalarini aniqlash. Bajardi: KT 104 A-guruh talabasi Magrupova Munisa Reja S, p, d, f-elementlar. Gaz qonunlari. Hajmiy nisbatlar, Avogadro, Boyl-Mariot, Gey-Lyussak va Sharl qonunlari. Mol modda miqdori birligi. Ekvivalent. Ekvivalentlar qonuni. Farmatsiyadagi ahamiyati. S, p, d, f-elementlar Kimyoviy elementlar davriy sistemasi (boshqa nomlari: Davriy jadval, Mendeleyev davriy sistemasi) - kimyoviy unsurlarni ularning atom raqami, elektron konfiguratsiyasi va davriy takrorlanuvchi kimyoviy xossalariga asoslangan holda jadval shaklida tasvirlashdir. Unsurlar unda atom raqamlari (protonlari soni) oshib borishi tartibida joylashgan. Jadvalning standart shakli tepada 18 × 7 kataklardagi asosiy unsurlar va ostida ikki qator boshqa guruh unsurlaridan iborat. Jadval shuningdek to'rtta to'rtburchak bloklar: chapda s-blok, o'ngda p-blok, o'rtada d-blok va pastda f-bloklarga bo'linishi mumkin. Jadval qatorlari davr, s-, d- va p-bloklardagi ustunlar esa guruh deyiladi; bu ustunlarga galogenlar yoki inert gazlar degan alohida nomlar ham beriladi. Davriy jadval ta'rifiga binoan u davriy qonungako'ra tuzilgan uchun, har qanday davriy jadval yordamida tegishli unsurlarning xossalari orasida aloqadorlik keltirib chiqarish va yangi, hali ochilmagan yoki sintezlanmagan unsurlar xossalarini bashorat etish mumkin. Natijada davriy jadval kimyoda keng qo'llanilib, muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Pauli prinsipi bo'yicha har qaysi orbitalda ko'pi bilan 2 ta elektron bo'lishi mumkin. Agar orbitalda bitta elektron bo'lsa, u juftlashmagan elektron, agar ikkita bo'lsa, juftlashgan elektron deyiladi. Pog'onalar bir-biridan farq qiladigan pog'onachalarga bo'linadi. Pog'onachalar soni to'rttadan oshmaydi: s-p-d-f. s-pog'onacha har qaysi energetik pog'onaning yadroga yaqin birinchi pog'onachasi bo'lib, u bitta s-orbitaldan tarkib topgan. s-orbital sferik simmetriyali, ya'ni shar shaklida bo'ladi, bu orbitaldagi elektron s-elektron deyiladi. p-ikkinchi pog'onacha, uchta p-orbitaldan tarkib topgan. p-orbital gantel yoki hajmiy sakkizlik shaklida bo'lib, bu orbitaldagi elektron p-elektron deyiladi. d-uchinchi pog'onacha, u beshta d-orbitaldan tashkil topgan; d-orbitalning shakli p-orbitallarnikiga qaraganda murakkabroq bo'ladi, u d-elektronlar deb ataladi. f-to'rtinchi pog'onacha, u yettita f-orbitaldan iborat bo'ladi. f-orbitalning shakli p-orbitallarnikiga qaraganda murakkabroq bo'ladi, u f-elektronlar deb ataladi. Gaz qonunlari Hajmiy nisbatlar qonuni: Fransuz olimi Gey-Lyussak gaz moddalarning ta'sirlashuvini tekshirib, o'zining hajmiy nisbatlar qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta'riflanadi: O'zgarmas haroratda va bosimda reaksiyaga kirishgan gazlar hajmlarining o'zaro nisbati hamda reaksiya natijasida hosil bo'lgan gazlar hajmlariga nisbati butun kichik sonlar kabi bo'ladi. Masalan: H2O + Cl2 = 2HCl 1v 1v 2v 1:1:2 Avogadro qonuni. Hajmiy nisbatlar qonunini tushuntirish uchun italiya olimi Avogadro 1811 yilda quyidagi gipotezani oldinga surdi:Bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va teng hajmda olingan gazlarning molekulalari soni o'zaro teng bo'ladi. Bundan ikkita xulosa kelib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.11 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.11 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga