SIFAT REAKSIYALARINI O'TKAZISH Sifat analizining vazifasi - modda tarkibiga kirgan ayrim element yoki ionlarni aniqlash. Aniqlashda turli xil metodlardan foydalaniladi. Kimyoviy metodda sodir bo'ladigan kimyoviy o'zgarishlar analitik reaksiyalar deyiladi. Bu reaksiyaga sabab bo'lgan modda reagent deyiladi. Kimyo fanida sifat reaksiyalari kation va anionlar bo'yicha olib boriladi. Sifat reaksiyalarini amalga oshirishda quyidagilarga e'tibor berish lozim 1. Cho'kmaning hosil bo'lishi, cho'kmaning rangi, gaz hosil bo'lishi, rangli eritmalarni hosil bo'lishi yoki yo'qolishi; 2. Reaksiyani bajarish sharoitiga: kislotali muhit, ishqoriy muhit, harorat, organik reaktivlar qo'shish; 3. Hosil bo'lgan cho'kmaning eruvchanligiga: kislota va ishqor ta'sirini o'rganish; 4. Reaksiyaning sezgirligini aniqlash Sifat reaksiyalar ho'l va quruq usullarda o'tkaziladi Quruq usulga alangani bo'yalishini misol qilish mumkin. Quruq usul bilan o'tkaziladigan reaksiyalar yordamchi reaksiyalar hisoblanadi. Sifat analizi ko'p hollarda ho'l usul, ya'ni moddalarning eritmalar o'rtasida boradigan reaksiyalar qo'llaniladi. I guruh K+ Na+ NH4+ kationlarining guruh reagenti yo'q Na+ va K+ kationini aniqlashda alangani bo'yalishi metodidan foydalaniladi. I guruh analitik kationlari: Na+;K+ va NH4+ larini aniqlash Natriy ioni sirka kislotali sharoitda magniy uranilatsetat bilan sariq kristall cho'kmani hosil qiladi: Na++Mg2++3UO2 2++9CH3COO-+9H2O= NaMg(UO2)3(CH3COO)9x9H2O↓ Kaliy kationi Natriy kobaltonitrat bilan neytral sharoitda sariq cho'kmani hosil qiladi: Na+ + [Co(NO2)6]3- + 2K+ = K2Na[CO(NO2)6]↓ Ammoniy kationi ishqoriy muhitda tuz va ammiak gazini hosil qiladi: NH4++OH-=NH3↑+H2O I guruh kationlarining tuzlari tibbiyotda keng qo'llaniladi NaHCO3 tuzi oshqozonda kislotalilikni kamaytirishda, Na2SO4 tuzi ich yumshatishda ishlatiladi. 0,9 % NaCl tuzi izotonik eritma va AgNO3 bilan zaharlanganda qo'llaniladi; KCl aritmiyaga qarshi, KBr tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. II guruh kationlari: Ca2+; Sr2+;Ba2+ sifat reaksiyalarini aniqlash Kalsiy kationining konsentrik eritmasi sulfat kislota bilan xarakterli kristall gips cho'kmani hosil qiladi: Ca2+ +SO42- +2H2 O= CaSO4 2H2O↓ Kalsiy kationi ammoniy oksalat bilan oq kristall cho'kma hosil qiladi: Ca2+ +2NH4+ +[Fe(CN)6]4- = Ca(NH4)2 [Fe(CN)6]↓ Stronsiy tuzi eritmasiga suyultirilgan sulfat kislota yoki eruvchan sulfatlar ta'sir ettirilsa, oq cho'kma hosil bo'ladi: Sr2+ + SO42- = SrSO4 Bariy kationini aniqlash sifat reaksiyalari Bariy ioni sulfat ionlari bilan oq kristall cho'kma hosil qiladi: Ba2+ + SO4 = BaSO4 ↓ Bariy kationi dixromat ioni bilan reaksiasida sariq cho'kma hosil qiladi: 2Ba+ + Cr2 O72+ +2CH3COO- +H2O = 2BasrO4↓+ 2CH3COOH Uchuvchan bariy tuzlari alangani sarg'ish yashil rangga bo'yaydi. II guruh kationlari ham alangani turli ranglarga bo'yaydi. Ca2+; Sr2+; Ba2+ aniqlashda alangani bo'yash metodidan foydalaniladi. Bunda har bir metal turli alangani ranglarga bo'yaydi. II guruh kationlarining tuzlari ham tibbiyotda keng qo'llaniladi CaCl2 qon to'xtatuvchi va allergik kasalliklarga qarshi ishlatiladi, CaSO4 travmatologik amaliyotda qo'llaniladi. Sr ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.76 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.76 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: pptx