Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalarni ishlab chiqarish holati va kelajagi

Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalarni ishlab chiqarish holati va kelajagi

O'quvchilarga / Kimyo
Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalarni ishlab chiqarish holati va kelajagi - rasmi

Material tavsifi

Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalarni ishlab chiqarish holati va kelajagi. Reja : Sintetik va tabiiy yuqori molekulyar birikmalar. 2. O'zbekistonda polimerlarning rivojlanishi va ishlab chiqarish lorxonalari. 3. muhim sanoat polimerlarining olinishi va qayta ishlanish usullari. Polimerlar. Polimer deb bir yoki bir necha monomer guruhlarining (monomer zveno) qayta takrorlanib kelgan yuqori moleular birikmaga aytiladi. Polimer hosil bo'lish jarayonini Polimerlanish reaksiyasi deyiladi. Polimerlar hosil bo'lish usuliga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: a) polimerlanuvchi b) polikondensatlanuvchi Polimerlarning molekulyar massasi. Odatda molekulyar massasi 500 dan bir necha milliongacha bo'lgan moddalar yuqori molekulyar birikmalar hisoblanadi. Molekulyar massasi 100 dan 500 gacha bo'lgan moddalalr xossalari jihatdan past molekulyar birikmalarga ham YuMB larga ham o'xshamagani uchun rasman Oligomerlar deyiladi. YuMB lar molekulalar o'lchamlari kattaligini nazarda tutib ko'pincha ularni makromolekulalar kimyosi deb yuritiladi. YuMB kimyosi bir necha yuz va minglab atomlardan tuzilgan makromolekulalarning kimyoviy xossalarini, tuzulishini, sintezini va tahlilini ularda kuzatilayotgan qonuniyatlarni o'rganadi. YuMB lar tarkibidagi elementlarning xususiyatiga qarab organik va anorganik polimerlarga bo'linadi. Polimer struktura va homashyo ko'rinishlari. O'zbekistonda kimyo sanoatining istiqboli Hozirgi kunda kimyo sanoatining yangiliklari haqida bir necha kunlab to'xtamay fikr va mulohazalar yuritish va ma'lumatlar topish mumkin. Ayniqsa zamonaviy korxonalarning xom ashyodan to'lato'kis foydalanishi, chiqindisiz tehnologiyalarni qo'llash niyatida komplekslashtirishni namuna qilish uchun yirik kimyo korxonolarning tarkibida bir vaqtning o'zida anorganik, organik va polimer ishlab chiqarilishini yo'lga qo'yish uchun quyidagi misollarni keltirib o'taman! Chirchiq elektrokimyo kombinati Eng asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari suyuq ammiak(bir necha turlari), konsentrlangan va suyultirilgan nitrat kislotasi ammoniy nitrat, ammoniy sulfat karbamid, kaproloaktam, suyuq va gaz holatidagi vodorod, karbonat angidridi, natriy kaliy natriy, kaliy va silitsiy metallari va xilma xil nikelli, mis-rux-alyuminiy, alyuminiy-xrom katalizatorlaridan iborat. Navoiy azot ishlab chiqarish bu birlashma tarkibida kimyoviy tola ishlab chiqaruvchi Nitron korxonasi mavjud bo'lib, korxonada poliakrinonitril tolasi ishlab chiqariladi. Ushbu maqsadda tabiiy metan gazini kreking jarayoniga uchratib, atsitilen va vodorod gazi olinadi. Bu monomer asosida va hosil bo'lgan tolobop polimerni qayta ishlash va bo'yalish qobiliyatini oshirish maqsadida, unga 2-3% metakrilat va itokon kislotasi qo'shilib 51.5% li rodonid natriy eritmasida 80*C temparaturada polimerizatsiya olib boriladi. Sho'rtan neft kimyo sanoati Bu birlashma qoshida eng zamonaviy kimyo sanoati qatoriga kirgan. O'rta osiyo va qo'shni mamlakatlar uchun ahamiyatli bo'lgan polietilen ishlab chiqarish korxonasi yiliga 400 ming tonna polietilen 125 ming tonna polipropilen va 2.5 milliard metr kub gazni qayta ishlamoqda. Uning asosiy jarayoni neftning tarkibida mavjud bo'lgan yo'lovchi gazlar-etan-etilen, propan-propilen, butan-butilenlardan etilen va butilen sintez qilib so'ngra Sigler Natta katalizatori vositasida polietilenga aylantirishdir. hozirda ushbu kompleksda 18 xildan ortiq polietilen ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:13 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga