Spirtlarning olinishi va xossalari

Spirtlarning olinishi va xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Spirtlarning olinishi va xossalari - rasmi

Material tavsifi

mavzu Spirtlarning olinishi va xossalari To'yingan bir atomli spirtlarning olinishi Spirtlar olishning bir necha usullari ma'lum. Quyida shulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. Spirtlarni galoid alkillarni suv yoki ishqorning suvli eritmasi bilan qo'shib qizdirish orqali olish mumkin: Etilen uglevodorodlariga katalizatorlar ishtirokida suv biriktirilganda bir atomli spirtlar hosil bo'ladi. Katalizator sifatida asosan konsentrlangan sulfat kislotadan foydalaniladi. Etilen uglevodorodlariga suvning birikish quyidagi bosqichlar orqali sodir bo'ladi Spirtlarni aldegid va ketonlarni katalizator ishtirokida qaytarish orqali yoki ularga magniy organik birikmalar biriktirish orqali olish mumkin: Bu jarayon mis, kobalt, nikel, platina. Palladiy katalizatorligida 300-500C haroratda olib boriladi. Hosil bo'lgan oraliq modda suv ishtirokida juda oson parchalanadi: Aldegid va ketonlarga magniy organik birikmalarni biriktirish orqali birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi spirtlar olinadi. Karbonil guruhi kuchli qutblangan bo'lganligi uchun ularga nukleofil agentlar oson birika oladi: Bu usul bilan spirtlarni tuzilishini oldindan belgilangan holda sintez qilish mumkin Sanoatda etil spirtini pentazan saqlovchi tabiiy birikmalar - uglevodlarni fermentlar ishtirokida bijg'itish orqali olinadi. Masalan: Metil spirti sanoatda CO va H2 dan sintez qilinadi: Bijg'itishni 4 % li sulfat kislota ishtirokida ham olib borish mumkin. Shu usul bilan g'o'zapoya, yog'och chiqindilari, oziq-ovqat chiqindilari va boshqalardan ko'p miqdorda etil spirti ishlab chiqariladi. Bu jarayon 200-300 atm bosim, 400C harorat va rux-xrom-mis katalizatori ishtirokida olib boriladi. Spirtlarni yuqorida ko'rsatilgan usullarda tashqari, yana murakkab efirlardan atsetallardan va boshqa birikmalardan olish mumkin. Fizik xossalari Spirtlarning C10 gacha bo'lganlari suyuqlik va undan yuqorilari qattiq moddalardir. Dastlabki vakillari suv bilan istalgan nisbatta aralashadi. O'ziga xos xidga ega. Ularning molekulyar massalari ortib borishi bilan suvda eruvchanligi kamayib hidi yoqimsiz bo'lib boradi, qaynash harorati ham ortib boradi. Normal tuzilishga ega bo'lgan spirtlar izomerlariga qaraganda yuqori haroratda qaynaydilar. Spirtlar vodorod bog'lanishi hosil qilagnligi sababli yuqori haroratda qaynaydilar: Spirtlar orasida metil spirti o'ta zaharli hisoblanadi, uning 10 ml inson ko'rish qobilyatini yo'qotishiga, 30 ml esa o'limiga sabab bo'ladi. spirtlarning kimyoviy xossalari Bir atomli spirtlar kimyoviy jihatdan nisbatan faol birikmalar bo'lib, ular OH - guruhdagi vodorod atomi, hamda OH - guruh bog'langan uglevodoroddagi vodorodlar hisobidan kimyoviy jarayonlarga kirisha oladilar. Bir atomli spirtlar neytral xarakterga egadirlar. Ammo ular juda kam darajada amfoterlik xususiyatini namoyon qiladilar. Ularga ishqoriy metallar bilan ta'sir etilganda gidroqsil guruhining vodorodi metall bilan almashadi va alkogolyatlarni hosil qiladi: suv bilan ta'sir etilganda ular oson parchalanadilar: Spirtlar menarel kislotalar bilan o'zaro ta'sir eta oladilar. Bunda oraliq modda sifatida oksoniy birikmalari hosil bo'ladi: Bu birikmalar qizdirilganda galloid alkil va suvga parchalanadilar: Spirtalar kislorodli meneral kislotalar shuningdek organik kislotalar bilan efir hosil qilish (eterefikatsiya) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 146.23 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 146.23 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga