Mavzu: Suv-murakkab modda.Uning elementar tarkibi.Molekular tuzilishi,formulasi va molyar massasi. Suvning fizik va kimyoviy xossalari SANA: sinf Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga suv murakkab modda.Uning tarkibi, molekulyar tuzilishi,formulasi va molyar massasi,fizik hamda kimyoviy xossalari haqida nazariy hamda amaliy ma'lumotlar berish. Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlodni ulug' ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash ular qalbida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ezgulik va insonparvarlik tuyg'ularini singdirish Rivojlantiruvchi maqsad: Kimyo fani orqali hayotni to'g'ri tasavvur eta olish malakasini o'stirish, mantiqiy fikrlashga o'rgatish. Dars tipi: Yangi bilimlar va tushunchalarni hosil qilish va o'zlashtirish darsi Dars uslubi: Ko'rgazmali va amaliy Dars usuli: Aralash;suhbat, bahs, guruhlarda ishlash, aqliy hujm,BB. Dars jihozi: Kompyuter, proyektor, slaydlar, kartochkalar, ko'rgazmali materiallar, plakatlar, krassvordlar. Mening yagona kuchim bu mening tirishqoqligimdir L. Paster (fransuz mikrobiologi va kimyogari) Darsning rejasi: 1.Suv-Yer sharida eng ko'p tarqalgan muhim kimyoviy birikmalardan biri. 2.Suv-murakkab modda. 3.Suvning fizik xossalari(Vodorod izotoplari) 4.Kimyoviy xossalari. 5.Suvning tabiatda tarqalishi. 6.Suvning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati,sanoatda ishlatilishi. O'tilgan mavzuni takrorlash: (BLITS-SO'ROVI) 1.Yonishga yordam beradigan gaz. 2Vodorodni kashf etgan olim. 3.Vodorodni molekulyar massasi. 4.Kipp apparati yordamida nima olish mumkin. 5.Qanday aralashma «qaldiroq gaz» deb ataladi 6.Gidridlar qanday moddalar? Misollar ayting. 7.Laboratoriyada vodorod qaysi moddalardan olish mumkin? 8. Kislorod qaysi metallar bilan reaksiyaga kirishmaydi? 9. Yer qobig'ining necha foizini kislorod tashkil qiladi? 10. Temir kislorodda yonganda qanday birikma hosil bo'ladi? 11.Vodorodning valentligi nechaga teng? 12.Fotosintez va nafas olish jarayonlarining mohiyati nimada? 13.Havo tarkibi …? 14.Indikatorlar qanday moddalar va ular kislotalarga qaday ta'sir etadi? 15.Tabiiy kislotalarga misollar keltiring. 16.Vodorod qaysi metallarga yaxshi eriydi. 17.«Vodorod - kelajak yonilg'isi» deganda nimani tushunasiz? 18. Vodorod qayerda eng ko'p uchraydi? 19.Allotropiya nima? 20.Vodorod qaysi element bilan xona haroratidayoq ta'sirlashadi? Yangi mavzu bayoni: Yer shari yuzasining 34 qismi okean, dengiz, ko'l, daryolar shaklida suv bilan qoplan-gan. Suv gazsimon bug' shaklida atmosferada ko'p tarqalgan, tog'larning cho'qqisida va qutblarda qor, muz shaklida joylashgan. Yer qa'rida tuproq va tog' jinslarini namlab turuvchi yerosti suvlari mavjud. Suv vodorod va kislorod atomlaridan tashkil topgan murakkab modda bo'lib, tarkibida ikki atom vodorod va bir atom kislorod tutadi. Suvning molekulyar formulasi H2O shaklida ifodalanadi. Suvda vodorod atomlari kislorod atomi bilan 104,3° burchak hosil qilib birikkan. Suv molekulalari tabiatda assotsiyatsiyalangan holda mavjud bo'ladi va (H20)n tarzida ifodalanadi. Toza suv rangsiz, ta'msiz, hidsiz, tiniq suyuq-likdir. Hid bilan ta'mni suvga unda erigan qo'shimchalar beradi. Suvning ko'p fizik xossalari va o'zgarish xarakteri o'ziga xos boiib, tegishli holatlar uchun anomal (odatda xos bo'lgan holatdan chet-lanish) bo'lib hisoblanadi. Masalan, suvning zichligi qattiq (muz) holatidan suyuq holatga o'tganda boshqa moddalarniki kabi ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
278.74 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
278.74 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: ppt