SUYuQLIKLARNI SIQISh VA UZATISh. UMUMIY TUShUNChALAR 1.Nasoslar. Umumiy tushunchalar 2.Nasoslar klassifikatsiyasi 3.Nasoslarning asosiy parametrlari 4.Surish balandligi. 1.Nasoslar. Umumiy tushunchalar Qurilmalarda va quvur ichida suyuqlik uning boshi va oxiridagi bosimlar farqi tufayli harakat qiladi. Suyuqlikning qo'yi satxidan yuqori satxiga uzatish uchun esa, nasoslardan foydalaniladi. Bunda suyuqlikga bosimning potentsial energiyasi ta'sir ettiriladi. Nasos- shunday gidravlik mashinaki, unda elektr yuritkichning mexanik energiyasi suyuqlikning harakatlanish (uzatish) energiyasiga aylantirib beriladi 2. Nasoslar klassifikatsiyasi Harakatlanish turiga qarab: hajmiy, kurakli (markazdan qochma), uyurmaviy va o'qli nasoslarga bo'linadi. Hajmiy nasoslarning ishlash prinsipi yopiq, hajm ichida siqib chiqarish usuliga asoslangan bo'lib, ilgarilama-qaytma va aylanma harakatlar tufayli suyuqlik siqib chiqariladi. Uyurmaviy nasoslar uyurma energiyasi hisobiga uzatiladi. Bu ishchi g'ildirakning aylanishida uyurmaning tezda hosil bo'lishi va so'nishi bilan amalga oshadi. oqimchali nasoslar, hamda gazliftlar va montejyu deb nomlanadigan mashinalardan ham foydalaniladi. Bu nasoslarda gaz, suv va bug'larning bosimlaridan foydalaniladi. 3.Nasoslarning asosiy parametrlari Unumdorlik V (m3s) - bu suyuqlikning hajmiy sarfi bo'lib, haydash quvuri orqali nasos yordamida uzatilgan suyuqlik miqdorini bildiradi. Nasos napori N(m) - bu nasosning massa birligiga ega bo'lgan suyuqlikka bergan solishtirma energiyasidir. Foydali quvvat Nf (Vt) -napor N va suyuqlik massaviy sarfi rg V ko'paytmasiga teng miqdordagi suyuqlik potentsial energiyasiga aytiladi Hajmiy nasoslarga porshenli, rotatsion, vintli, shesternyali va plastinali gidravlik mashinalar kiradi. Markazdan qochma nasoslarda bosim markazdan qochma kuch ta'sirida, yani nasos qobig'i (asosi)ga joylashgan kurakli g'ildirakning aylanishi tufayli sodir bo'ladi. ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
43.42 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
43.42 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:15 ]
Arxiv ichida: pptx