Temir - uglerod qotishmalari

Temir - uglerod qotishmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Temir - uglerod qotishmalari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: TYeMIR - UGLYeROD KOTIShMALARI Temir va uning xossalari. Tsementit va uning xossalari. Fe - Fe3C sistemasidagi strukturalar. Fe - Fe3C sistemasining holat diagrammasi. Temir rudalari. Temir kotishmalaridan eng muhimlarini hozirgi zamon mashinas ozligining asosi bo'lgan pulat bilan chuyan tashkil etadi. Pulat bilan chuyan esa temir - uglerod kotishmalari deb ataladi. Temir-yumshoq, plastik, kulrangrok tusda tovlanadigan ok metall bo'lib, 15390S da suyuklanadi. Bazi metallarda, shu jumladan temirda xam, yaxshi magnitlanish xosasi bo'ladi. temirning bu xossasi ferromagnitlik xossasi deyiladi. Metallning ferromagnitlik xossasi butunlay yukoladigan temperatura Kyuri nuqtasi deb ataladi. 768 bilan 911oS temperaturalar orasidagi α-temir magnitlanmaydi, shuning uchun u β-temir deb ataladi. Tarkibidagi temir atomlarining o'rnini boshqa metallarning atomlari olishidan hosil bo'lgan birikma legirlangan tsementit deb ataladi va Me3C formula bilanbelgilanadi. Tsementit (Ts) - temirning uglerod bilan hosil kilgan ximiyaviy birikmasi (Fe3 C) bo'lib, tarkibida 6,67% S bo'ladi. Perlit (P) - bu struktura ferrit bilan tsementit mayin mexanikaviy aralashmasidan iborat bo'lib, ikki fazalidir, uning tarkibida 0,8% uglerod bo'ladi. Ferrit bilan tsementitning aralashmasi evtektoid deb xam ataladi. Ledeburit (L) - bu struktura xam ikki fazali mayin mexanikaviy aralashma bo'lib, evtektika deb ataladi. Grafit (G) - bu faza uglerodning shakl o'zgarishlaridan biri, u temir - uglerod kotishmalarida plastinkalar yoki donalar shaklida bo'ladi. Grafit tsementitning parchalanishi mahsuloti bo'lib, Brinel bo'yicha qattiqligi NV=30-50. Fe-C sistemasi barqarordir, shuning uchun u stabil sistema deb ataladi. Tsementitning parchalanishi mumkinligidan Fe-Fe3C sistemasi, nazariy jihatdan olganda, bataioi muvozanatdagi sistema bulla olmaydi, shuning uchun u metastabil sistema deyiladi. Demak, 3' nuqtadan pastda kotishma ferrit bilan uchlamchi tsemintitdan iborat bo'ladi, chunki ferritdan ajralib chikadigan tsementit uchlamchi tsementit deb ataladi. Kotishma sovitilaversa, bu protsess davom etib,ferrit tarkibidagi uglerod miqdori 0,01% ga tushib koladi. Suyuk kotishmadan ajralib chikadigan tsementit birlamchi tsementit deb,austenitdan ajralib chikadigani esa ikkilamchi tsementit deb ataladi. Tarkibida 2,14% ortik uglerod bo'lgan kotishmalar chuyan deb ataladi. Fe-Fe3C sistemasida uglerod ximiyaviy birikma (Fe3C) tarkibiga kirgan holda bo'ladi va tarkibida 2,14% dn ortik uglerod bo'lgan kotishmaning sinik yaltirok ok tusda kurinadi, shuning uchun bunday kotishmalar ok chuyan deyiladi. Tarkibida 4,3% dan kam, ammo 2,14% dan ortik uglerod bo'lgan kotishmalar evtektikagacha bo'lgan chuyanlar deb, tarkibida 4,3% uglerod bo'lgan kotishma evtektik chuyan deb, tarkibida 4,3% ortik uglerod bo'lgan kotishmalar esa evtektikadan keyingi chuyanlar deb ataladi. Metall ishlab chiqarish protsessi metallurgiya deb ataladi. Kora metallar ishlab chiqarish protsessi kora metallurgiya deyiladi. Rudalarni suyuklantirib, ulardan metallar ajratib olish usuli pirometallurgiya usuli deb ataladi. Tarkibida chuyan ishlab chiqarish uchun arziydigan miqdorda temir bo'lgan tog jinslari temir rudalari deyiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 52.53 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 52.53 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga