Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni Atom tuzilishi Tabiatda tarqalishi Olinishi Fizik xossalari Kimyoviy xossalari Ishlatilishi Temir Davriy sistemaning sakkizinchi guruhi yonaki guruhchasida joylashgan. Tartib nomeri 26. Kimyoviy belgisi Fe. Nisbiy atom massasi 55,847 ga teng. d-metallar oilasiga kiradi. Temir atomining elektron konfiguratsiyasi Kimyoviy reaksiyalarda temir atomi 4s-tashqi elektron qobig'idan ikkita elektron ajratib, +2 zaryadli ionga aylanadi. Fe+2 ioni 3d-qavatdan yana bitta elektronni ajratib, +3 zaryadli ionga aylanishi mumkin. Temir +2 va +3 oksidlanish darajasiga tegishli birikmalar qatorini hosil qiladi Alyuminiydan keyin temir yer yuzasida eng ko'p tarqalgan metalldir. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda temir yer yadrosini tashkil qiladi, bu holda temir yer sharida eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, qoladi. Yer qobig'ida temirning massa ulushi 4,2 % ni tashkil qiladi. Temir tabiatda birikmalar holida uchraydi. Osmon jismlari-meteoritlarda esa erkin holda uchraydi. Temirning asosiy minerallari: magnetit-magnit temirtosh Fe3O4, gematit-qizil temirtosh Fe2O3, limonit-qo'ng'ir temirtosh 2Fe2O33H2O, siderit-temir shpati FeCO3, pirit-temir kolchedani FeS2 . Temir quyidagi usullar bilan olinishi mumkin. 1. Temirni uning oksidlaridan vodorod, uglerod yoki is gazi ta'sir ettirib olinadi. FeO + H2 = Fe + H2O; Fe2O3 + 3CO = 2Fe + 3CO2. 2. Temir oksidlaridan alyuminotermiya usuli bilan; 3Fe3O4+8Al=9Fe+Al2O3 Toza temir-kumushsimon oq rangli, havoda tezda xiralashuvchi, yetarlicha yumshoq va bolg'alanuvchan, kuchli magnit xossalariga ega metall bo'lib, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Suyuqlanish harorati 1534,83°C, zichligi 7874 kgm3; izotop soni 16 (49^63); Havoda qizdirilganda temir oksidlari aralashmasini-temir ko'yindisini hosil qiladi: 3Fe + 2O2 - Fe3O4 yoki FeO-Fe2O3 Temir qizdirilganda xlor, oltingugurt, uglerod, azot bilan reaksiyaga kirishadi: 2Fe + N2 - 2FeN temir (Il)-nitrid Fe + S - FeS temir (Il)-sulfid 3Fe + C - Fe3C temir karbid 2Fe + 3Cl2 - 2FeCl3 temir (II)-xlorid Cho'g'langan temir suv bug'i bilan ta'sirlashadi, natijada temir ko'yindisi va vodorod hosil bo'ladi, lekin bu reaksiya qaytar reaksiya hisoblanadi: 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2 Nam havo va suvda temir korroziyaga uchraydi, yemiriladi, zanglaydi. Temir boshqa metallar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metalldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog'liq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari bo'lib hisoblanadigan - po'lat va cho'yandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida - qora metallar deb, boshqa metallardan ajratilgan. Po'lat va cho'yan bilan esa keyingi mavzuda tanishamiz. ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.95 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.95 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: ppt