To'yingan ikki asosli kislotalar

To'yingan ikki asosli kislotalar

O'quvchilarga / Kimyo
To'yingan ikki asosli kislotalar - rasmi

Material tavsifi

To'yingan ikki asosli kislotalar Tarkibida ikkita karboqsil guruhi bo'lgan kislotalarga ikki asosli kislotalar deb aytiladi. Ikki asosli kislotalar uglevodorodning tuzilishiga ko'ra to'yingan, to'yinmagan, halqali bo'lishi mumkin. To'yingan ikki asosli kislotalar tarixiy va sistematik nomenklaturalar bo'yicha nomlanadi. M-n: HOOC-COOH oksalat kislota, etandikislota, HOOC-CH2-COOH malon kislota, propandikislota, HOOC-CH2- CH2-COOH qahrabo kislota, butandikislota va h-zo. Ikki asosli kislotalarning birinchi vakili bo'lgan oksalat kislota sanoatda chumoli kislotaning natriyli tuzini qizdirib olinadi: Etilenglikolni oksidlanganda ham oksalat kislota hosil bo'ladi: Oksalat kislotani ditsiandan (Veler, 1824 y) gidroliz qilib ham olinadi: Gidroksikislotalar oksidlanganda ham ikki asosli kislota hosil bo'ladi: Dikarbon kislotalar oq kristall moddalar bo'lib, suvda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalari. Dikarbon kislotalar monokarbon kislotalarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Ularning tuzlarini, xlorangidridlarini, murakkab efirlarini, amidlarini va angidridlarini olish mumkin. Shuningdek,  -holatiga galogenlash reaksiyalarini olib borish mumkin. Dikarbon kislotalarning bitta yoki ikkala karboqsil guruhlari bo'yicha hosilalarini olish mumkin. Ikki asosli kislotalar dissotsiyalanganda birinchi bosqichi oson va ikkinchi bosqichi qiyin boradi. Buning sababi protonning ikkita manfiy zaryadlangan aniondan uzoqlashishi uchun energiyaning ko'p talab qilinishidir. Ikki asosli kislotalardan oksalat va malon kislota qizdirilsa CO2 ajralib, bir asosli kislota hosil bo'ladi: Qahrabo kislota 230-2400C atrofida qizdirilsa qahrabo angidridi hosil bo'ladi: Malon kislotasida  -holatda vodorod ikkita karboqsil guruhi ta'sirida bo'lganligi uchun faolla-shadi. Uning bu xossasidan turli kislotalarni va ularning hosila-larini sintez qilishda foydalaniladi. Ayniqsa, turli sintezlarni amalga oshirishda malon efiridan foyda-laniladi. E'tiboringiz uchun raxmat! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 570.09 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 570.09 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga