To'yinmagan kislotalar. Kislotalarning galloid angidridlari

To'yinmagan kislotalar. Kislotalarning galloid angidridlari

O'quvchilarga / Kimyo
To'yinmagan kislotalar. Kislotalarning galloid angidridlari - rasmi

Material tavsifi

Organik kimyo To'yinmagan kislotalar. Kislotalarning galloid angidridlari, angidridlari Reja: Tarkibida qo'sh bog' va uch bog' tutgan karbon kislotalar to'yinmagan kislotalarga kiradi. To'yinmagan kislotalar ratsional va xalqaro nomenklaturalar asosida nomlanadi: CH2=CH-COOH propen kislota, akril kislota. CH3-CH=CH-COOH buten-2 kislota, kroton yoki q-metilakril kislota CH2=C(CH3)-COOH 2-metilpropen kislota, metakril kislota yoki q-metilakril kislota. Ularni qo'yidagi usullar bilan olinadi: To'yinmagan spirt va al'degidlar yumshoq sharoitda oksidlansa, to'yinmagan mono-karbon kislotalar hosil bo'ladi: Alkinlar CO bilan suvli muhitda nikel' tetrakarbonil ishtirokida reaksiyaga kirishadi va  , -to'yinmagan monokarbon kislotalarni (V.Reppe) hosil qiladi: Galogenkarbon, gidroksikarbon kislotalardan H2O va HX ajratib, to'yinmagan kislotalar olinadi: Kimyoviy xossalari. Uch boq tutgan to'yinmagan karbon kislotalar to'yingan kislotalarga nisbatan kuchli kislota hisoblanadi. To'yinmagan monokarbon kislotalar kislotalarning barcha funksional hosilalarini: tuzlarini, galoidangidridlarini, angidridlarini, murakkab efirlarini beradi. To'yinmagan monokarbon kislotalar to'yin-magan boqning xarakteriga ko'ra alkenlarga va alkinlarga xos bo'lgan birikish va polimerlanish reaksiyalariga kirishadi: Ayniqsa,  , -to'yinmagan monokarbon kislotalar oson polimerlanadi, chunki karboqsil guruh qo'sh boqning reaksiyaga kirishish qobiliyatini oshiradi. Akril, metakril kislotalar oson polimerlanadi va ulardan sanoatda polimer materiallar olinadi. Galoidkislotalar va ikki asosli to'yinmagan kislotalar Galoidkislotalarning turlari, ularning tuzilishi va nomlanishi. Galoidkisotalarning olinishi va xossalari. Galoidkislotalarning ahamiyati. To'yinmagan ikki asosli kislotalarning tuzilishi. Fumar va malein kislotalar Tarkibida ham galoid atomi (ftor, xlor, brom, yod), ham karboqsil guruhi bo'lgan birikmalar galoidkislotalar deb ataladi. M-n: Galoid atomlarining karboqsil guruhiga nisbatan joylashishiga qarab, ular  -,  -, va  -galoidkislotalarga bo'linadi. M-n: Galoidkislotalar, asosan, karbon kislotalarni bevosita galoidlash bilan olinadi. Ular gidroksi- hamda to'yinmagan kislotalardan ham olinishi mumkin. Karbon kislotalarda  -vodorod atomlari karbonil guruh ta'sirida harakatchan bo'lib qoladi. Shuning uchun karbon kislotalarni xlorlash va bromlash reaksiyalari yoruqlik nurida borib, galogen  -holatga boradi. Bu reaksiya kam miqdordagi fosfor ishtirokida boradi. U reaksiya Gel-Fol'gard-Zelinskiy reaksiyasi nomi bilan ma'lum: Bunda fosforning vazifasi kislotani galogenangidridga aylantirib berishdir: Galogen kislotada galogen alkilgalogenidlarga o'xshash nukleofil almashinish va ajralish reaksiyalariga oson kirishadi. Shuning uchun galogenkarbon kislotalarning turli hosilalarini olishda birinchi bosqich hisoblanadi. Galoidkislotalar molekulasi tarkibidagi galoid atomining turli almashinish yoki tortib olish reaksiyalaridan tashqari barcha karbon kislotalar kabi tuzlar, murakkab efirlar, angidridlar, amidlar, nitrillar hosil qilish reaksiyalariga kirishadi Ikki asosli to'yinmagan kislotalar. Tarkibida ikkita karboqsil guruh va qo'sh boq yoki uch boq bo'lgan kislotalar to'yinmagan kislotalar deyiladi. To'yinmagan ikki asosli kislotalar sis-trans shaklidagi fazoviy izomerlar hosil qiladi. To'yinmagan kislotalarga misol qilib malein va fumar kislotalarni ko'rsatish mumkin. Fumar kislota - xlorqahrabo kislotasiga ishqorning spirtli eritmasi ta'sir ettirib olinadi: Olma kislotasi sul'fat kislotasi bilan yuqori haroratda qizdirilsa, fumar va malein ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 400.33 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 400.33 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga