Uglevodlarning tasnifi va ayrim shakllari

Uglevodlarning tasnifi va ayrim shakllari

O'quvchilarga / Kimyo
Uglevodlarning tasnifi va ayrim shakllari - rasmi

Material tavsifi

Uglevodlarning tasnifi va ayrim vakillari. Reja: 1. Monosaxaridlarning tuzilishi va hosilalari; 2. Murakkab uglevodlar; 3. Polisaxaridlar; 4. Disaxaridlar va piktin moddalar; Uglevodlar o'simlik olamida juda ko'p tarqalgan organik birikmalardan bo'lib, ular hayotda muhim ahamiyatga ega. Ular o'simlik tarkibiy qismining 80-90% ni tashkil qiladi. Uglevodlar fotosintez protsessining asosiy mahsulidir. Ular o'simlik nafas olish protsessida parchalanadi, ko'p energiya ajraladi. Bu energiya tirik organizmlarda sodir bo'ladigan turli-tuman sintez reaksiyalarida sarflanadi. Uglevodlar hayotiy protsesslarda muhim rol o'ynaydigan birikmalar oqsillar, nuklein kislotalar va yog'lar hosil bo'lishida alohida ahamiyatga ega. Uglevodlarning ko'pchiligi o'simliklarda zapas modda sifatida to'planadi. Uglevodlar S, N, O atomlaridan tashkil topgan bo'lib, ular tarkibidagi vodorod va kislorodning o'zaro nisbati xuddi suv moleklasinikiga o'xshash, yani 2:1 bo'ladi. Uglevodlarning tarkibi umumiy St N2p Op yoki St (N2 O)p formula bilan ifodalanadi. Uglevodlar ximiyaviy tuzilishiga ko'ra, ko'p atomli spirtlarning aldegidi yoki ketoni hisoblanadi. Uglevodlar tuzilishi va xususiyatiga ko'ra ikkita katta gruppaga; 1) oddiy uglevodlar, yani monosaxaridlar; 2) Murakkab uglevodlar, yani polisaxaridlarga bo'linadi. Polisaxaridlar ikkita kichik gruppani tashkil qiladi. Bular uncha katta molekular massaga ega bo'lmagan oligosaxaridlar va haqiqiy polisaxaridlardir. Monosaxaridlar bilan oligosaxaridlar ko'pincha shakar deb ataladi. Uglevod Monosaxaridlar Glyukoza, fruktoza Disaxaridlar Saxaroza, maltoza, laktoza Polisaxaridlar Kraxmal, tsellyuloza Oddiy uglevodlar Monosaxaridlar tarkibida keton (=S=O) va aldegid (-S ) gruppa bilan bir qatorda spirtli (oksi)gruppalar ham mavjud. Tarkibida aldegid gruppa bo'lgan monosaxaridlar aldozalar, keton gruppa bo'lgan monosaxaridlar ketozalar deb ataladi. Monosaxaridlar tarkibidagi uglerod zanjirining uzunligiga, yani uglerod atomlarining soniga qarab farq qilinadi. Uch uglerodli birikmalar - t r i o z a l a r, to'rt uglerodli birikmalar - t e t r o z a l a r, besh uglerodli birikmalar - p e n t o z a l a r, olti uglerodli birikmalar - g e k s o z a l a r va nihoyat, etti uglerodli birikmalar - geptozalar deb ataladi. Monisaxaridlar tarkibidagi karboqsil gruppaning joylashishiga qarab ikki xil izomer, yani aldoza va ketoza izomerini hosil qiladi. Monosaxaridlar molekulasi asimmetrik uglerod atomlari bor. Monosaxaridlar bu jihatdan ham izomer hosil qiladi. Eng oddiy monosaxarid hisoblangan glitsirat aldegid molekulasida bitta asimmetrik uglerod atomi bo'lib, u ikkita, yani o'ngga (+) va chapga (-) buruvchi izomer hosil qiladi. Monosaxaridlarning halqali shakllari ular tarkibidagi aldegid gruppa bilan biror ON - gruppa o'rtasida hosil bo'ladigan yarim atsetal bog'lar tufayli vujudga keladi. Yarim atsetal bog'lar, odatda, aldegidlar bilan spirtlar orasida boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo'ladi. Glyukoza molekulasidagi yarim atsetal bog'lar aldegid gruppa bilan 4 yoki 5-uglerod atomidagi ON- gruppa o'rtasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga