. Mavzu: Umumta'lim maktablarida kimyo fanini o'qitish mazmunidagi o'zgarishlar. Tayanch va kimyo faniga oid umumiy kompetensiyalar Kimyo fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartidagi tayanch va o'quv fani kompetensiyalari haqida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining 2013 4 iyundagi 28 - QQ, 27, 30 - QQ-sonli qo'shma qaroriga asosan kompentensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va o'quv dasturlari ishlab chiqilgan. Bunda: Umumiy o'rta ta'lim va kasb-hunar ta'limida foydalanib kelinayotgan umumta'lim fanlari bo'yicha Davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini uzviylik va uzluksizlik jihatdan tahlil qilinib chiqilgan Umumta'lim fanlari bo'yicha uzluksiz ta'limning Davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha tuzilgan ijodiy guruh tomonidan DTSlarda o'quvchilar egallashi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalar belgilanib, ayrim tushunchalar, mashq, masalalar o'quvchilarning yoshiga mosligi hamda, psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olib kiritilganligi, mazkur tushunchalarning boshqa fanlarda ham takroran fanlararo bog'liqligi, qo'llanilishini ham ko'rib chiqilgan. -o'quvchilarda kimyoviy jarayonlar, kimyoviy elementlar, ularning birikmalari, xossalari, tabiatda tarqalishi, biologik ahamiyati, ishlatilish sohalarini tushuntira oladigan bilimlar berish va o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mustaqil fikrlash qobiliyati, aqliy rivojlanishi va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishda yordam beruvchi, butun olamni asosi bo'lgan kimyo faniga qiziqishini oshirishga; -kimyo ta'limida o'rganiladigan qonuniyatlarni o'quvchilarga tushunarli holda umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb - hunar kollejlarining kimyo fani darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy etiborni o'quvchilarning yosh psixologik xususiyatlari, fanlararo o'zaro aloqadorligini etiborga olib, o'quvchilarning bilim olish va o'quv materialini tushunish hamda puxta mukammal o'zlashtirish imkoniyatini yaratishga qaratildi. Tayyorlangan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlari umumta'lim maktablarining 7-9-sinflarida tajriba-sinovdan o'tkazildi. Mazkur kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olishi, ongli ravishda kasb-hunar tanlashi, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi. Inson o'z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh bo'lishi uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo'lishi lozimligi belgilandi. Tayanch kompetensiyalar Kommunikativ Kimyo faniga oid umumiy Kompetensiyalar Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish Element va kimyoviy birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash Kimyoviy tajribalar o'tkazish va amaliyotda qo'llash Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish. Modda, kimyoviy jarayonlar, hodisalar to'g'risida aniq tasavvur qilish va anglash. Bunda modda va uning agregat holatlari, modda va jismlarning rangi, hidi, mazasi, suyuqlanishi, qaynashi, alanganing holati va ularning rang o'zgarishi, bir moddani boshqa moddaga aylanishi, yonish xossalarini kuzatish, tushunish va tushuntirish. Kundalik ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
201.01 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
201.01 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: pptx