Umumta'lim maktablarining kimyo o'quv-laboratoriya xonasi

Umumta'lim maktablarining kimyo o'quv-laboratoriya xonasi

O'quvchilarga / Kimyo
Umumta'lim maktablarining kimyo o'quv-laboratoriya xonasi - rasmi

Material tavsifi

umumta'lim maktablarining kimyo o'quv-laboratoriya xonasi 1. Kimyo o'quv-laboratoriya xonasidagi o'quv jihozlarini joylashish tartibi: 1.1. Kimyo o'quv-laboratoriya xonasi texnik hujjatlarining moslik sertifikati va sanitariya-gigiyena sertifikati bo'lgan, Davlat me'yorlariga mos maxsus mebellar komplekti bilan jihozlangan bo'lishi shart. Xonada: o'qituvchi ish joyini tashkil etuvchi; o'quvchi ish joyini tashkil etuvchi; o'quv-ko'rgazmali qurollarni va o'quv-laboratoriya asbob-uskunalarini saqlash imkonini beruvchi; texnik vositalarini saqlovchi mebel va jihozlar bo'lishi lozim. 1.2. O'quv-laboratoriya xonasining o'rinlari amaldagi me'yorlarga mos bo'lishi kerak. 1.3. O'quv-laboratoriya xonasi uchun 3 tabaqali sinf doskasi va magnitli doska bilan ta'minlanishi va sinf doskasi xonaning old tomoniga poldan 90 sm balandlikda o'rnatilishi hamda magnitli doska sinf doskasining tepasidan o'ng yoki chap tarafiga ilish uchun moslashtirilish lozim. 1.4. Kimyo o'quv-laboratoriya xonasida o'qituvchi uchun plastik qoplamali kimyoviy jihatdan mustahkam bo'lgan, elektr tokiga va toza suv hamda kanalizatsiya tarmog'iga ulangan tajriba (demonstratsiya) stoli va yarimyumshoq stuli o'rnatiladi. Laborant xonasiga plastik qoplamali kimyoviy jihatdan mustahkam bo'lgan 1 ta stol va yarimyumshoq stul joylashtiriladi. 1.5. O'qituvchi stoli 2 yoki 3 ta qism (seksiya)dan iborat bo'ladi. 2- qismli (seksiyali) stolda: 1-qismi (seksiya) tajriba namoyishlarini o'tkazish uchun stolning yuzasiga rokivina, metal vintilli kran va kanalizatsiya moslamalari o'rnatilgan va elektr toki (42V va 220V quvvtli)ga ulangan bo'lishi; 2-qismi (seksiya) da stolning balandligi 90 sm o'qituvchining ishlashi uchun qulay bo'lishi lozim. 3-qismli (seksiya) stolda: 1-qismi (seksiya) stolining yuzasiga rokivina va kanalizatsiya moslamalari o'rnatilgan va elektr toki (42V va 220 V quvvtli) ga ulangan bo'lishi; 2-qismi (seksiyasi)da tajriba namoyishlarini o'tkazish uchun tekis bo'lishi; 3-qismi (seksiya) da stolning balandligi 90 sm o'qituvchining ishlashi uchun qulay bo'lishi lozim. 1.6. O'qituvchi (2 yoki 3 ta qismli (seksiya)) stoli sinfdagi o'quvchi stoliga nisbatan 20-25 sm balandlik joylashtiriladi va sinf doskasi bilan oralig'idagi masofa 1,2 m ni tashkil etishi lozim. 1.7. O'quvchilar uchun plastik qoplamali kimyoviy jihatdan mustahkam kimyo stoli (1 ta stol, 2 ta stul) bo'lishi lozim 1.8. O'quvchilar stoli elektr tokiga (42V) va stolning o'rta qismiga toza suv (metal vintilli kranning jumragi uzunligi 60 sm) hamda oqava suv (kanalizatsiya) tarmog'iga ulangan bo'lishi kerak. 1.9. O'quvchilar stolining elektr toki kesishuv simlari izolyatsiyalangan truba bilan qoplangan bo'lishi hamda elektr toki shtepsili stolning yon tarafiga xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda joylashtiriladi. 1.10. O'quvchilar stolning o'rta qismiga rokivina o'rnatiladi va uni toza suv hamda oqava suv (kanalizatsiya) tarmog'iga ulanadi. Ulangan qismi va toza suv, oqava suv keluvchi trubalar stolning pastki qismidagi maxsus tumbaning ichiga joylashtiriladi va bu tumba o'quvchilarning harakatlanishiga xalaqit qilmasligi zarur. 1.11. O'qituvchi stolining o'ng tarafida sinf oynasi tomoniga tajriba namoyishlarini o'tkazish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 729.66 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 729.66 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga